Bosh miya — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
16 bayt qoʻshildi ,  8 yil oldin
k
imlo
(Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi)
k (imlo)
'''Bosh miya''' — odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasiniit oliy qismi; kalla suyagi boʻshligʻida joylashgan; u umurtqa pogʻonasi kanalidagi orqa miya b-nbilan markaziy nerv sistemasini tashkil etadi. B.m. uzunnoq miya, miya koʻprigi, oʻrta miya, miyacha, miya oyokchalari va katta yarim sharlardan iborat.Uzunchoq miya orqamiya b-nbilan miya koʻprigi oraligʻida joylashgan, uning ichki qismi nerv tolalaridan, tashqi (rombsimon) yuzasi V— XII juft bosh miya nervlarittt oʻzaklaridan tuzilgan. Miyacha B.m.ning ensa qismi ostida joylashgan. Miya koʻprigi asosan nerv tolalari hamda kranial nervlar hujayralari toʻplamidan iborat boʻlib, oldindan miya oyoqchalariga, orqadan uzunchoq miyaga tutashgan. Kubrik tarkibidagi kulrang oʻzakka B.m.dan harakatchan nervlar, orqadan uzunchoq miya orqali sezuvchi nervlar keladi va koʻprik orqali miyacha oʻzaklariga borib muvozanatni saqlashda qatnashadi. Miya. oyoqchalari 4 tepalik va ularning yelkalari hamda miya suv yoʻlidan tuzilgan. Miya oyoqchalari asosan nerv tolalaridan iborat boʻlib, B.m.ga koʻprik va miyacha orqali qoʻshiladi. Oyoqchalardagi bir juft qizil oʻzaklar va suv yoʻli devoridagi III juft koʻzni harakatlantiruvchi nervlarning oʻzaklari, qoramtir tuzilmalar muskullar tonusini saqlab, normal yurishni boshqaradi; 4 tepalikning ustki bir jufti koʻzga tushgan nurni qabul qilib, boshni oʻsha tomonga buradi, koʻz qorachigʻining kengayishi yoki torayishini taʼminlaydi; pastki ikkita doʻmboq esa quloqni tovushga moslash, boshni oʻsha tomonga burishni boshqaradi. Miya suv yoʻli III qorinchani IV qorincha b-nbilan qushadi. B.m. yarim sharlarining yopqich — plashch qismi kulrang moddadan iborat, ostida esa oq modda (nerv tolalari) va qorinchalar bor. B.m. yarim sharlari bir-biri b-nbilan qadoqsimon tana yordamida birlashgan 2 yarim shardan tashkil topgan. Har bir yarim shar peshona, tepa, ensa va chakka qismlarga boʻlinadi. Yarim sharlar poʻstlogʻi kulrang moddadan, poʻstloq osti esa oq moddadan tuzilgan. Poʻstloq ustida egat va pushtalar boʻladi. Poʻstloqning oʻzi 14—15 mlrd.ga yaqin muayyan tartibda joylashgan har xil hujayralar (neyroilar)dan iborat. Neyronlar bir-biri va organizmning turli qismlari b-nbilan dendritlar, koʻtariluvchi va tushuvchi neyritlar yordamida juda murakkab ravishda bogʻlanadi. Yarim sharlar oliy nerv faoliyati aʼzosi, unda fiqolash va emotsional jarayonlar sodir boʻladi. B.m. organizmni tashqi muhitning oʻzgaruvchan sharoitiga moslab turadi. Odam B.m.sining ogʻirligi oʻrtacha 1360—1500 g , baʼzan bu koʻrsatkich kam yoki ortiq boʻlishi mumkin. Odamlarning aqli B.m.ning ogʻir yoki yengil boʻlishiga aloqador emas. B.m. qattiq miya pardasi, oʻrgimchak toʻrisimon va yumshoq (tomirli) parda b-nbilan qoplangan. B.m. pardalari orqa miya pardalarining davomi hisoblanadi. B.m. kattik pardasining tashqi sathi kalla suyaklarining suyak ust pardasi boʻlib, orqa miyaning qattiq pardasidan shu b-nbilan farq qiladi. Oʻrgimchak toʻrisimon parda miya yumshoq pardasining tashqi sathi boʻlib, tomirlari boʻlmaydi. U yoʻllar va chuqurliklar orqali miya sathiga oʻtadi. Yumshoq miya pardasining ichki sathida tomirlar boʻlib, ular B.m.ning hamma egatlariga kiradi. Yumshoq pardaning bir qismi miya orinchalariga kirib, uning miya suyuqligi chiqaruvchi tomirli chigalini hosil qilishda qatnashadi. Yumshoq pardaning tashqi va ichki sathlaridagi boʻshliq miya suyuqligi b-nbilan toʻlib turadi. B.m. organizmdagi hamma aʼzolarning kelishib ishlashini taʼminlaydi.
 
== Adabiyotlar ==
516 159

ta tahrir

Navigatsiya