Maʼmura Ergasheva: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

22-May 2013, 17:13 dagi koʻrinishi

Ergasheva Maʼmura Zokirjonovna (1951.25.1, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalqartisti (1983). Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1969), Toshkent chet tillar instituti (fransuz boʻlimi)ni tugatgan (1977). 1969 yildan "Bahor" ansamblida raqqosa, baletmeyster, 1990 yildan ansamblning badiiy rahbari. E. repertuaridan jahon xalqlari raqslari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy raqslari keng oʻrin olgan: "Gulsara", "Nozanin", "Munojot", "Larzon", "Lazgi", "Tanavor", "Arabcha", "Yaponcha", "Ispancha", "Kuba raqsi", "Eroncha", "Afgʻoncha", "Fargʻona ruboiysi", "Rohat", "Pilla", "Mustafo", "Alvido, Tokio", "Oʻn sakkiz yoshimda", "Oʻrik gullaganda" va boshqalar shular jumlasidan. Baletmeyster sifatida "Navroʻzi ajam", "Figʻonkim", "Sumalak", "Oʻzbekiston makonim", "Tavois", "Bahor nashidasi" singari raqslarni sahnalashtirgan. Respublikada oʻtkaziladigan katta bayramlar ("Navroʻz", "Mustaqillik" va boshqalar)da bosh baletmeyster sifatida faoliyat koʻrsatib keladi. "Oʻzbektelefilm" tomonidan "Maʼmura Ergasheva raqsga tushadi" nomli videofilm ishlangan (1985). "Mehnat shuhrati" ordeni (1999), "Shuhrat" medali (1998) bilan mukofotlangan.