Shuayb: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

19-May 2013, 18:16 dagi koʻrinishi

Shuayb — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Arabistonlik 4 paygʻambardan (Hud, Solih, Muhammad bilan birga) biri. Sh. oʻz qavmini fasohatli usullar bilan imonga daʼvat etganligidan "paygʻambarlar xatibi" deb nom olgan. Sh. va uning qavmi Arabiston ya.o.ning Qizil dengiz qirgʻogʻidagi Madyon degan joyda yashab oʻtgan. Bu qavm, asosan, savdosotiq bilan shugʻullangan. Ular Allohga ibodat qilish oʻrniga turli ilohlarga sigʻinadigan, moddiy boylik orttirishga hirs qoʻygan, bu yoʻlda har qanday razolat, nohaqliklardan qaytmaydigan kishilar edi. Savdo qilganlarida toshtarozidan urib qolishga odatlanishgandi. Sh. oʻz qavmini savdoda halollikka, kishilar haqiga xiyonat qilmaslikka daʼvat eta boshladi. Sh.ning nasihatlariga koʻnmagan qavmning barchasi zilzila yuz berishi natijasida halokatga uchradi. Qurʼonda paygʻambarlarga boʻysunmagan qavmlarni Alloh qattiq azobga duchor qilishi eslatiladi (7: 8587; 11: 87—90).