Nantes: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
24-Aprel 2013, 17:34 dagi koʻrinishi
Nant — Fransiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Atlantika Luarasi departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 277,7 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Luara daryosi boʻyidagi port (yiliga 20 mln. t dan ortiq yuk ortib-tushiriladi): chetdan neft, fosforit, oʻrmon mahsulotlari va b. keltiriladi; neft mahsulotlari, mashinalar, gʻalla, un, oʻgʻitlar chetga chiqariladi. Metallurgiya, mashinasozlik, xususan, kemasozlik va samolyotsozlik rivojlangan. Kimyo, qogʻoz, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Un-t, nafis sanʼat, xalq va Bretani sanʼati muzeylari mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan 12—19-a.larda qurilgan binolar saqlangan. [1]
Manbalar
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |