Ibn Hurdodbeh: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

29-Mart 2013, 15:08 dagi koʻrinishi

Ibn Hurdodbeh Abulqosim Ubaydulloh Ibn Abdulloh (820—913) — geograf va tarixchi. Eronda tugʻilgan, Bagʻdodda maʼlumot olgan. Jibal viloyati (Eronning shim.-gʻarbida) aloqa mahkamasi boshligʻi vazifasida ishlagan. Musiqa, tarix, meteorologiya, pazandachilikdan ham xabardor boʻlgan. I. X. ning arabcha bizgacha yetib kelgan ilk geografik bayoniy uslubdagi "Kitob almasolik va-l-mamolik" ("Yoʻllar va mamlakatlar haqida kitob") asarida, jumladan, Kaspiy dengizi boʻyidan to Gʻarbiy va Sha-rqiy Turkistongacha boʻlgan hududdagi mamlakatlar va ularning aholisi, shaharlar orasidagi masofa, yoʻllar, aholidan olinadigan soliqlar haqida muhim maʼlumotlar bor.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil