Axloq: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

9-Mart 2013, 23:04 dagi koʻrinishi

Axloq — kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan mu-nosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda A. talablarini bajarish-bajarmaslik ma’-naviy ta’sir ko‘rsatish shakllari (jamo-atchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni ma’qullash yoki qoralash) b-n bel-gilanadi. A.ni etika fani o‘rganadi.Insoniyat taraqqiyotida A. muhim o‘rin tutadi. Sharqning buyuk mutafak-kirlari insonni A.iy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, ma’naviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omilla-ridan biri, deb qarashgan. Inson A.iy, umuman ma’naviy va ma’rifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tari-xiy bosqichlardan — johillik, nodon-likdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o‘tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido — yovuzlik va ezgu-lik, jaholat va kamolatning o‘zaro kura-shi inson va jamiyat taraqqiyotini belgi-lagan, inson aql-zakovat sohibi sifati-da o‘zini anglashiga olib kelgan. Bu ikki mukrbil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olami-ga xos nafs b-n qalb, aql b-n aqlsizlik o‘rtasidagi kurashda ifodalanadi. A. muayyan jamiyat va davrda o‘zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so‘nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o‘ziga xos A.i b-n bir qatorda, umumbashariy A. me’yorlari ham bor. Bunday A. me’yorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga sama-815rali ta’sir ko‘rsatadi.A.ning shakllanishida va uning ij-timoiy o‘rnida dinning ahamiyati katta. Dinning asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yo‘lga kirib ket-ganlarni to‘g‘ri yo‘lga da’vat etishdir. Dinlarda to‘g‘ri yo‘lga chorlash, umuman yaxshilik va yomonlik tushunchasi turlicha bo‘lishi, hatto bir-biriga zid kelishi mumkin. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda yaxshilik va ezgulik xu-dosi Ahuramazda b-n yomonlik va yovuzlik xudosi Anxramaynu o‘rtasidagi kurash abadiy davom etadi, A. bu kurashning ifodasidir, degan g‘oya ilgari suriladi. Xristianlik, yahudiylik va b. dinlarda ham yaxshilik va yomonlikning o‘z ifodasi bor.Islomda, uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda A. masalasiga alohida e’tibor berilgan. Qur’oni Karim ba-jarishga buyurgan yaxshi xulqlarga in-sonlar amal qilishsa, o‘zlari uchun katta baxtga sazovor bo‘ladilar. Qur’oni Ka-rimda to‘g‘ri yo‘lga yurishlik istiqomat (o‘zini o‘zi isloh qilish) tushunchasida ifodalangan. Qur’onda istiqomatda bo‘lganlarga, ya’ni o‘z-o‘zini isloh qilganlarga katta va’dalar berilgan: "Kim bunday jabru zulmidan keyin tav-ba qilib, o‘zini tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qilar" ("Moida" surasi, 39-oyat). Istiqomat gunoh ish-larni qilib qo‘yganlar uchun qalbini poklash sari umid tug‘diradi va ularni noumidlikdan qutqarib yangi saodatli hayotga chorlaydiIslomda olijanob A. ning eng muhim tushunchalari ta’riflanib, insoniyat-ni ularga amal qilish sari undaladi. Bular — ehson (yaxshilik qilish), kechi-rimli bo‘lish, sabr-qanoat, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, ota-onani, o‘zidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomus, sadoqat va b.dir. Ayni vaqtda yomon xulq-atvor tushunchalarining mohiyati ham ko‘rsatilib, ulardan saqlanishga unda-ladi. Bular — baxillik, hasad, tama, yolgonchilik, takabburlik (kibru havo), g‘iybat, zino va sh. k.dir. Shu tarzda in-soniyatning butun amaliy faoliyati yax-shilik va yomonlik-ka ajratiladi. Mu-sulmonlar bir-birlarini yaxshilik va olijanob A.qa chaqirishlari, nojo‘ya ish-lardan kaytarishlari Alloh tarafidan farz qilingan. Islom A.ining asosida halollik va taqvo yotadi. Kimki jismo-niy va ma’naviy pok, taqvodor bo‘lsa, unday kimsa A.sizlik yo‘liga kirmaydi.Islomga amal qiladigan xalqlar A.i, ba’zi bir jihatlari b-n farqlansada, shu din tufayli umumiylik bor. Bu umu-miylik Sharq A.i degan nom b-n bir-lashgan. Sharq A.i Qur’on va Hadisdap tashqari juda ko‘plab mutafakkirlar, faylasuf, shoirlar asarlarida ta’rifu-tashviq etilgan. "Qobusnoma", "Axloqi Jaloliy" kabi maxsus kitoblar yozilgan.O‘zbekistonda sho‘rolar istibdodi davrida A.qa bir tomonlama, ya’ni sin-fiylik va partiyaviylik nuqtai nazari-dan yondoshildi. Mamlakatda istiqomat qiluvchi hamma xalqlar uchun bir xil A. qoidalari yaratishga harakat qilindi. Shu maqsadda hamma respublikalar uchun bir xil bo‘lgan "Etika" darsli-gi va qo‘llanmalari yaratildi. Bu b-n Ittifoqda yashovchi turli xalqlarning o‘ziga xos xulq-odob qoidalari, rasm-rusmi, urf-odati inkor qilindi.O‘zbekiston mustaqillikka erishgan-dan so‘ng A. muammolariga katta e’tibor berila boshladi. Kishilararo munosa-batda, o‘zaro muomalada unutilib ketgan islomiy qadriyatlar, sharqona xulq-odob qoidalari, urf-odatlar, marosimlar qaytadan rasm bo‘la boshladi. Mamla-katimiz xususiy mulkchilikka, bozor iqtisodiga asoslangan jamiyat barpo qilmoqda. Bunday tuzumda aholining turli tabaqa va qatlamlari paydo bo‘lishi tabiiy. Ular o‘rtasida qandaydir zid-diyatlar, kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkin. Ular sharq xalqlariga xos bo‘lgan xulq-odob qoidalari va islomiy qadriyatlar yordamida ma’lum da-rajada bartaraf qilinib, umuminsoniy mazmun 816b-n boyib boradi. A. va ma’-naviyat bir-biri b-n uzviy bog‘liq. Barkamol ma’na-viyat barkamol A.ni shakllantiradi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil