Birinchi yordam: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 00:26 dagi koʻrinishi

Birinchi yordam — baxtsiz hodisalar ro‘y berganda, kishi shikastlanganda yoki to‘satdan kasal bo‘lib qolganda uning hayotini saklab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun ko‘rsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; tibbiy xodim yetib kelguncha yoki ularni kasalxonaga olib borguncha amalga oshiriladi. B. yo. o‘z-o‘ziga yoki boshqalar tomonidan (o‘zaro) ko‘rsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini o‘zi bog‘lay olsa, zaharlanish alomati bo‘lganida, mas, ko‘p suyuqlik ichib me’dani yuvish va qayt qilishga quvvati kelsa, o‘z-o‘ziga B. yo. ko‘rsatishi mumkin. O‘zaro B. yo. odatda boshka kishi tomonidan ko‘rsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida qolganda, mas, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va b. holatlarda darhol B. yo. ko‘rsatish zarur. Keyingi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam B. yo.ning qanchalik to‘g‘ri ko‘rsatilganligiga bog‘liq. Mac, suyak ochiq singanda bog‘lov va shina (taxtakach)ning tez va to‘g‘ri qo‘yilishi (q. Immobilizatsiya), ko‘pincha shok va b. og‘ir kasalliklarning oldini olishga, shikastlanib behush yotgan kishini yonboshi b-n yotqizish traxeya va bronxlarga qusuq massasi hamda qon ketib qolmasligiga yordam beradi.B. yo. uch xil tadbirlar majmuasini o‘z ichiga oladi: 1) tashki shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan og‘ir narsa va b.) ta’sirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, o‘t tushgan joydan olib chiqish va b.); 2) shikastlanish tarziga qarab B. yo. ko‘rsatish (bular haqida q. Suyak chiqishi, Suyak sinishi, Zaharlanish, Hushdan ketish, Jarohatlanish, Kuyish va b.); 3) yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam to‘satdan betob bo‘lib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar ro‘y berganida, albatta tez yordam chakirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil