Bino: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 00:20 dagi koʻrinishi

Bino — kishilarning yashashi, bilim olishi, ishlashi, hordiq chiqarishi uchun hamda maishiy va i.ch. maqsadlari, shuningdek hayvon, parrandalarni boqish va buyumlarni saqlash uchun quriladigan inshoot. Turar joy va jamoat B.lari (maktab, teatr, kasalxona, magazin, hammom va h.k.) bo‘ladi. Ko‘pincha, umumiy tarzda fuqaro vasanoat B.lari deb ataladi. B.ning asosiy qismlari: ko‘tarib turuvchi konstruksiyalar (poydevor, ustunlar, devorlar), to‘suvchi konstruksiyalar (pardevorlar, yopmalar) va tom. B.lar mo‘ljaldagi xizmat muddatiga qarab, muvaqqat va kapital xillarga bo‘linadi. B. nimaga mo‘ljallanganiga qarab, me’moriy jihatdan, qavatlilik jihatdan, ishlatiladigan qurilish materiallari jihatdan har xil turlarga (g‘ishtin, paxsa devor, sinchli, ko‘p qavatli va b.) bo‘linadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil