Bengaliya qoʻltigʻi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 00:04 dagi koʻrinishi

Bengaliya qo‘ltig‘i — Hind okeanidagi qo‘ltiq. Hindiston va Hindixitoy ya.o.lari hamda Andaman, Nikobar o.lari o‘rtasida. Mayd. 2191 ming km2. O‘rtacha chuq. 2586 m, eng chuqur joyi 4519 m. Yirik daryolardan Gang va Brahmaputra quyiladi. Suvining o‘rtacha t-rasi fev.da 25 — 27°, avg .da 28°. Sho‘rligi 30%o, Gang daryosi quyiladigan yerda bundan kamroq, jan.da 34%o. Tez-tez tropik dovullar bo‘lib turadi. Shim.da suv 11 m gacha ko‘tariladi. Baliq, dengiz mollyuskalari va trepang ovlanadi. Asosiy portlari: Kalkutta — Gang daryosi deltasida, Madras (Hindiston), Chittagong (Bangladesh).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil