Bilyard: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
KamikazeBot (munozara | hissa)
k r2.7.3) (Robot: Modifying ckb:بلیارد to ckb:بیلیارد
k r2.7.3) (Bot qoʻshdi: min:Biliar
Qator 42: Qator 42:
[[lt:Biliardas]]
[[lt:Biliardas]]
[[lv:Biljards]]
[[lv:Biljards]]
[[min:Biliar]]
[[nl:Biljart]]
[[nl:Biljart]]
[[no:Biljard]]
[[no:Biljard]]

9-Fevral 2013, 16:45 dagi koʻrinishi

Bilyard stoli va anjomlari.

Bilyard (fransuzcha: billiard, fransuzcha: bille — shar) — gorizontal yuzasiga movut qoplangan toʻgʻri toʻrtburchak stol, shuningdek shu stolda oʻynaladigan oʻyin. Billiard Hindiston va Xitoyda kelib chiqqan. XVI—XVIII asrlarda Yevropa (Fransiya)da tarqaldi. Billiard stolining toʻrt burchagi va ikki yonining oʻrtasi teshik boʻlib, teshiklarga toʻr xaltacha osilgan. Billiard oʻyinida fil suyagidan yoki mastikadan qilingan shar (diametri 61-61,5 mm), pishiq yogʻochdan yasalgan tayoqcha — kiy (uzunligi 140-150 sm) bilan urib teshikka tushiriladi. Ikki yoki toʻrt kishi tarafma-taraf boʻlib oʻynaydi. Hozirgi vaqtda „amerikancha“, „ruscha“, „snuker“ oʻyinlari keng tarqalgan.

Oʻzbekistonda 1989-yil Billiard sporti federatsiyasi tuzilgan. Oʻzbekiston chempionligi va kubogi uchun musobaqalar muntazam oʻtkaziladi. Bu musobaqalarda Rustam Usmonov bir necha bor gʻolib chiqqan. Oʻzbekistonlik Dmitriy Xan (marhum) Vengriyada oʻtkazilgan musobaqada jahon chempioni unvoniga sazovor boʻlgan (1996).