World Book Encyclopedia: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Redirekt
Qator 1: Qator 1:
#REDIRECT[[World Book Encyclopedia]]
{{Kitob
| Nomi = Dunyo kitobi ensiklopediyasi
| Original nomi = The World Book Encyclopedia
| Rasm = World Book Encyclopedia logo.png
| Imzo = Dunyo kitobi ensiklopediyasining logosi
| Muallif =
| Janr = [[ensiklopediya]]
| Til = [[ingliz tili|ingliz]]
| Original nashr qilingan yili =
| Tarjimon =
| Bezalishi =
| Seriya =
| Nashriyot = World Book, Inc.
| Nashr qilingan yili = [[1917]] — bugun
| Betlari =
| Keyingisi =
| isbn =
| Lib =
}}'''Dunyo kitobi ensiklopediyasi''' ({{lang-en|'''World Book Encyclopedia'''}}; {{talaffuz|Uorld Boʻk Ensayklopidiya}}) — [[AQSh]]da chop etiladigan universal [[ensiklopediya]]. Ensiklopediyani nashr qiluvchilarning soʻziga koʻra Dunyo kitobi ensiklopediyasi „dunyodagi eng bozori chaqqon bosma ensiklopediyadir“.<ref>{{cite web |url=http://www.worldbook.com/world-book-corporate/about-world-book |title=About World Book (Dunyo kitobi haqida)|accessdate=2013-02-03}}</ref> Ensiklopediyada ilmning asosiy sohalari muntazam tartibda yoritilgan. Shunday boʻlsa ham, [[ilm]], [[texnika]] va [[tibbiyot]] sohalari boʻyicha maqolalar ayniqsa chuqur yozilgan.<ref name="indiana">{{cite web|url=http://www.indiana.edu/~librcsd/libguide/ency/12.html |title=Encyclopedias in English and Other Language (Ingliz va boshqa tillardagi ensiklopediyalar)|publisher=Library Research Guides, Indiana University}}</ref> Dunyo kitobi ensiklopediyasida maqolalar soddaroq [[ingliz tili]]da yozilgan. Shunday boʻlsa ham, mavzular juda chuqur yoritilgan.<ref> Encyclopedia (Ensiklopediya) Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, WA: Microsoft Corporation, 2008.</ref> Dunyo kitobi ensiklopediyasi „oilaviy“ ensiklopediya deb sotiladi va 15 yoshdan yuqori oʻquvchilarga moʻljallangan.<ref name="WB2012">{{cite web |title=The World Book Encyclopedia 2012 (2012-yilgi Dunyo kitobi ensiklopediyasi)|url=http://www.worldbook.com/index.php?option=com_k2&view=item&id=121:the-world-book-encyclopedia-2012&itemid=56}}</ref>

Ensiklopediya nashriyoti [[Illinois shtati]]dagi [[Chikago]] shahrida joylashgan. Birinchi nashri 1917-yil chop etilgan va 8 jilddan iborat boʻlgan. Oʻsha paytdan beri har yili yangi nashr chiqarilib kelinmoqda. Faqat 1920-, 1924- va 1932-yillardagina yangi nashr chiqarilmagan. 1929-yilgi (13 jild), 1947-yilgi (19 jild), 1960-yilgi (20 jild) va 1988-yilgi (yangi [[font]] va sahifa dizayni, hamda 10 000 ga yaqin muharrir oʻzgartirishlari) nashrlarda katta oʻzgartirishlar kiritilgan.<ref>{{cite web |author=Kobasa, Paul A. |title=Encyclopedia (Ensiklopediya) |work=World Book Online Reference Center |year=2008 |accessdate=2008-01-13 |url=http://www.worldbookonline.com/wb/Article?id=ar180800}}</ref>

1917-yilga nashrni Hanson-Roach-Fowler Company ({{talaffuz|Henson-Rooʻch-Fauler Kompani}}) chop etgan. Ikki yil ichida Dunyo kitobi W.F. Quarrie & Company ({{talaffuz|Dablyoʻ Ef Kuori end Kompani}}) mulkiga aylangan. 1945-yil Dunyo kitobi ensiklopediyasi Field Enterprises ({{talaffuz|Fiild Enterprayzes}}) qoʻliga oʻtgan. 1978-yil [[Berkshire Hathaway]] ({{talaffuz|Berkshayer Hasavey}}) xolding kompaniyasining boʻlimi Scott Fetzer ({{talaffuz|Skot Fetzer}}) Dunyo kitobi ensiklopediyasini sotib olgan.

== Jildlar ==
Ensiklopediyaning birinchi nashri 8 jildli boʻlgan. 1929-yilgi nashri 13 jildda boʻlgan. 1947-yilgi nashrida boʻlsa jildlar soni 19 ga yetgan. 1960-yilgi nashr 20 jildli qilib chop etilgan. Zamonaviy nashrlar 22 jildli boʻlib kelmoqda.

Yillar davomida Dunyo kitobining dizayni oʻzgacha boʻlib kelmoqda. Boshqa ensiklopediyalardan farqli oʻlaroq, Dunyo kitobi [[alifbo]] harflariga moslashtirilib har xil qalinlikdagi jildlarda chop etiladi. Koʻp jildlar faqat bitta harf boʻyicha mavzularni qamraydi. Juda koʻp maqolaga ega harflar („C“ va „S“) ikki jildga boʻlingan. Yonma-yon joylashgan va ozroq maqolaga ega harflar („J“—"K", „N“—"O", „Q“—"R", „U“—"V" va „W“—"Z") bir jildda berilgan. Ensiklopediya muharrirlari muhim maqolalarni koʻpincha alohida sahifada ajratib berishgan.

== Qamrovi==
22 jildli Dunyo kitobi ensiklopediyasida har qanaqa mavzu boʻyicha maʼlumot berilgan. [[Jugʻrofiya]] va [[biologiya]] boʻyicha maqolalar juda keng yoritilgan. [[Biznes]], [[psixologiya]], [[davlat]], [[energiya]], [[ekologiya]] va [[kriminologiya]] boʻyicha maqolalarga keng yondoshilgan. [[AQSh]] haqidagi maqolalar ayniqsa juda ham keng koʻlamli qilib yozilgan. Maqolalarda matn bilan birga koʻplab rasm, jadval, diagrammalar berilgan. Masalan, AQSh haqidagi maqolalarda shtat qushi va daraxti kabi mavzular yoritilgan [[maʼlumot qutisi|maʼlumot qutilari]] berilgan. [[AQSh prezidenti|AQSh prezidentlari]] haqidagi maqolalarda oʻsha prezident ishlagan paytda boʻlib oʻtgan muhim tarixiy voqealar boʻyicha vaqt shkalalari berilgan.

Dunyo kitobi ensiklopediyasi oʻzini eng zamonaviy sotuvdagi ensiklopediya deb ataydi. Maqolalarining 33 foizi har yili tahrirlanadi.<ref name="WB2012"/> Ensiklopediyada vizual materiallar juda koʻp berilgan. Dizaynning uchdan birini koʻrish uchun materiallar egallaydi. Shulardan 80 foizi yuqori sifatli rangli tasvirlardir. Ensiklopediyada bir maqoladan ikkinchisiga yoʻnaltirish keng qoʻllanilgan. Kitobda 150 000 dan oshiq soʻz kiritilgan katta analitik indeks ham berilgan.<ref>{{cite book |author=Kennedy, Scott |title=Reference Sources for Small and Medium-sized Libraries (Kichkina va oʻrtacha kutubxonalar uchun izlash resurslari)|year=1999 |page=27}}</ref>

Oʻquvchilar Dunyo kitobidan boshqa umumiy mavzuli ensiklopediyalar kabi doklad yozishda keng foydalanishadi. Har bir maqola soʻnggida oʻsha maqola boʻyicha savollar va izlanish uchun qoʻshimcha maʼlumot manbalari keltirilgan. AQShdagi aksar maktablar kutubxonalarida Dunyo kitobi ensiklopediyasi bor. AQSh davlati rivojlanayotgan mamlakatlardagi maktablarga ensiklopediyaning nusxalarini hadya qilgan. Masalan, [[Qirgʻiziston]]dagi ber necha maktabga Dunyo kitobi ensiklopediyasi AQSh davlati tomonidan sovgʻa qilingan.

== Alternativ nashrlar ==
[[File:Braille 1959 World Book Encyclopedia.jpg|1959-yil chiqarilgan koʻzi ojizlar uchun Dunyo kitobi ensiklopediyasi|thumb|right]]
1961-yil Dunyo kitobining koʻzi ojizlar uchun [[Braille shrifti]]dagi nashri chiqarilgan. Bu nashr 145 jildli va 40 000 ga yaqin sahifali boʻlgan. Kompaniya bu nashrni tayyorlashda ketgan xarajatlarni qoplay olmasligini bilsa ham xayriya sifatida chiqaravergan. Bu nashrning barcha toʻplamlari koʻr odamlar tashkilotlariga hadya qilingan. 1964-yil kompaniya ensiklopediyaning katta harflar bilan yozilgan nashrini ham chop etgan.<ref>{{cite book |author=Stockwell, Foster |title=A History of Information Storage and Retrieval (Ma’lumot saqlash va olish tarixi)|year=2001 |page=137}}</ref>

Ensiklopediyaning Macintosh va Windows komputerlari uchun boʻlgan nusxasi 1990-yil chiqqan. Ammo oʻsha paytda mavjud boʻlgan ikinchi CD-ROM ensiklopediya boʻlmish Akademik Amerika ensiklopediyasi ({{lang-en|Academic American Encyclopedia}}) kabi muavaffaqiyatga erishmagan.

1992-yil Shimoliy Amerikadan tashqarida yashovchi ingliz tilida soʻzlashuvchilarga moʻljallangan xalqaro nashr ham chiqarilgan.

1998-yildan beri 22 tomli, 13 800 betli ensiklopediyaning kitob va CD-ROM nashrlaridan tashqari Dunyo kitobi onlayn izlash markazi ({{lang-en| World Book Online Reference Center}}) deb nomlanuvchi onlayn nashri ham chiqarila boshlangan. Onlayn nashrda bosma nashrda berilgan barcha maqolalar bilan birga bir necha ming qoʻshimcha maqola berilgan. Yana onlayn versiyada Dunyo kitobi 1992-yildan beri chiqarib kelgan har bir yilnoma ham berilgan.

== Raqamli multimedia ensiklopediyasi ==
[[File:World Book 2010.png|thumb|left|Dunyo kitobi ensiklopediyasining 2010-yilgi elektronik nashri bosh sahifasi]]
Dunyo kitobi ensiklopediyasi elektron koʻrinishda [[Microsoft Windows]] va [[Apple Inc.|Apple]]ning [[Mac OS X]]i uchun ham chiqariladi. Elektron nashrlarda 22 jildli ensiklopediyadagi barcha matn berilgan. Bundan tashqari, elektron versiyada rasmlar, videolar, uch oʻlchamli manzalaralar va ovozlar ham bor. Maqolalarda toʻliq matn, multimedia fayllar, maqola rejasi, izlanish uchun yordam va kerakli maʼlumotga ishoralatlar berilgan. Obuna boʻlganlar onlayn yangilanishlar va muntazam ravishda har oy haqida qisqacha maʼlumot olishlari mumkin.

[[Apple Inc.|Apple]] yangi komputerlarda OS X operatsion sistemasi oʻrnatilganda Dunyo kitobi ensiklopediyasining nusxasini qoʻshib sotgan.<ref>{{cite web |url=http://www.apple.com/pr/library/2002/jan/07macosx.html |title=MACWORLD EXPO 2002 Press Announcement (MACWORLD EXPO 2002 matbuot eʼloni)|accessdate=2010-04-27}}</ref> Bu nashr Mac uchun moslashtirilgan boʻlgan. Masalan, osonroq interfeys, Bonjour programmasi orqali qogʻozchalar boʻlishish, savol-javob ({{lang-en|Trivia Challenge}}) oʻyini, muharrirlar maʼqullagan veb kameralar toʻplami, [[Notepad]], soʻzlashish funksiyalari, „Bugungi kun tarixda“ ({{lang-en|"This Day in History"}}), „Mediya oynasi“ ({{lang-en|"Media Showcase"}}) va „Tarixchi“ ({{lang-en|"Historian"}}) funksiyalari boʻlgan. Hozirda bu funksiyalar ensiklopediyaning Windows uchun moʻljallangan nusxalarida ham bor. 2007-yildan beri ensiklopediyaning Windows va Mac elektronik versiyalarini [[Software MacKiev]]
({{talaffuz|Softveyr Makiyev}}) kompaniyasi tayyorlab kelmoqda.

== Boshqa bogʻliq bosma loyihalar ==
Dunyo kitobining boshqa mahsulotlari quyidagilardir:
* Dunyo kitobi lugʻati ({{lang-en|The World Book Dictionary}}) — lugʻat; birinchi nashri 1963-yil chiqqan;
* Dunyo kitobi sikl oʻqituvchisi ({{lang-en|The World Book Cyclo-Teacher}}) — bolalar uchun mustaqil oʻrganish qoʻllanmasi; 1960-yillarda chiqarilgan;
* Dunyo kitobi oʻquvchi kashfiyoti ensiklopediyasi ({{lang-en|The World Book Student Discovery Encyclopedia}}) — yosh oʻquvchilar uchun ensiklopediya; 1999-yildan beri chiqadi;
* Childcraft ({{talaffuz|Chayldkraft}}) — bolalar uchun rasmli toʻplam; 1930-yillarda chiqa boshlagan;
* Dunyo kitobi: jahondagi hayvonlar ({{lang-en|World Book’s Animals of the World}}) — hayvonlar haqida toʻplam;
* Atrofimizdagi tirik tabiyat ({{lang-en|Our Living World of Nature}}) — kitoblar seriyasi, 1967-yil chiqqan.

== Manbalar ==
{{Reflist}}

== Havolalar ==
* [http://www.worldbook.com Dunyo kitobi ensiklopediyasining vebsayti]
* [http://www.worldbookonline.com/wb/Home Dunyo kitobi ensiklopediyasi onlayn]
* [http://www.answers.com/topic/world-book-inc World Book kompaniyasi haqida maʼlumot]
* [http://worldbook-encyclopedia.com Dunyo kitobi ensiklopediyasining turli nashrlati haqida maʼlumot]
* [http://www.mackiev.com/world_book.html Dunyo kitobi ensiklopediyasining elektron versiyasi Software MacKiev’s saytida]

[[Turkum:Ensiklopediyalar]]

[[es:World Book Encyclopedia]]
[[en:World Book Encyclopedia]]
[[fr:World Book Encyclopedia]]
[[it:World Book Encyclopedia]]
[[ms:Ensiklopedia Buku Dunia]]
[[pt:World Book Encyclopedia]]

4-Fevral 2013, 10:16 dagi koʻrinishi

Qayta yoʻnaltirish: