Zalvar massa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maxovikdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Zalvar massa, maxovik — poʻlat yoki choʻyandan yasalgan katta gardishli gʻildirak. Porshenli dvigatellar, kompressorlar, nasoslar va boshqa mashinalarning yetakchi valiga, valning bir tekisda aylanishini taʼminlash uchun oʻrnatiladi. Zalvar massa aylanuvchi tizimning burchak tezligi oshgan paytdagi kinetik energiyani toʻplaydi (akkumulyatsiyalaydi). Burchak tezlik pasaygan paytda uni valga beradi. Bulardan tashkari zalvar massa porshenli dvigatellarda porshenning chekka holatlar (yuqorigi va pastki)ni yengib oʻtishga imkon beradi. Inersion dvigatellarda zalvar massa yigʻgan energiyadan mashinani yurgizib yuborishda foydalaniladi (qarang Jirobus).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil