Maxima clam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maxima clam
CITES Appendix II (CITES)[2]
Ilmiy tasniflash
Olam Hayvonlar
Tip Moluskalar
Sinf Ikki pallalilar
Turkum Cardiida
Oila Cardiidae
Urugʻ Tridacna
Tur
T. maxima
Binar nomi
Tridacna maxima

Röding, 1798

Kichik gigant mollyuska sifatida ham tanilgan maxima clam(Tridacna maxima) Hind-Tinch okeani mintaqasida uchrovchi ikki pallali mollyuska turi. Ularga akvarium savdosida talab katta. Bunga asosiy sabab ularning ajoyib ranglari.Ularning eng katta namunalarning qobigʻi uzunligi odatda 20 santimetrdan oshmaydi.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki pallalilar mantiyada ikkita klapanga ega. Kalpanlar suvni tanaga solib kirish va undan kislorod va suv oʻtlarini ajratib olishga xizmat qiladi. Maksimal kattaligi haqiqiy gigant mollyuskaning (Tridacna gigas) uchdan biridan kamroq boʻladi.

Mantiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mantiya ichki qismi yorqin koʻk, yashil yoki jigarrang tusda va qobiqda oʻziga xos joʻyaklari boʻlgan qirralar koʻrinadi. Kichik gigant mollyuskaning jozibali ranglari kristalli pigment hujayralarining natijasidir. Ular mollyuskani kuchli quyosh nuri taʼsiridan himoya qiladi[3]. Maxima qizil, koʻk va yashil hujayralarni toʻplash orqali mantiyada oq rang hosil qiladi[4].

Tarqalishi va yashash joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kichik gigant mollyuska keng tarqalish doirasiga ega. Sharqiy Afrika, Hindiston, Xitoy, Avstraliya, Janubi-Sharqiy Osiyo, Qizil dengiz va Tinch okeani orollarini oʻrab turgan okeanlarda uchraydi[1][5].

Odatda riflar yoki qumlar yuzasida yashaydi yoki qisman marjonga singib ketgan holatda uchraydu[6]. Kichik gigant mollyuska energiya ishlab chiqarish uchun quyosh nurini talab qiladigan fotosintetik suv oʻtlari bilan simbiotik aloqasi tufayli yaxshi yoritilgan joylarda yashaydi[3].

Biologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kichkina gigant mollyuska toshlarga yoki oʻlik marjonlarga yopishib yashaydi. Suvni tanasi orqali oʻtkazib, fitoplanktonlarni filtrlaydi. Biroq, boshqa mollyuskalar kabi ozuqa uchun doimiy suv filtrlanaydu chunki u zarur boʻlgan ozuqa moddalarining koʻp qismini zooxanthellae deb nomlanuvchi mayda fotosintez suvoʻtlaridan oladi[3].

Urugʻlangan tuxumdan 12 soat ichida erkin suzuvchi lichinka chiqadi. Keyinchalik bu lichinka suvni filtration orqali oziqlanishga qodir boʻlgan boshqa lichinkaga aylanadi. Uchinchi lichinka bosqichida oyoq rivojlanadi, bu lichinkaning substratda dam olishiga imkon beradi. Sakkiz-o‘n kundan so‘ng lichinka o‘zgarib, yosh mollyuskaga aylanadi, bu vaqtda u zooksantellalarga ega bo‘lib, simbiotik faoliyat ko‘rsatishi mumkin[3]. Lichinkalat ikki-uch yildan soʻng erkak mollyuskaga aylanadi, kattalashganda (uzunligi 15 santimetrga yetganda) germafroditga aylanadi. Koʻpayish oy sikli, kunning vaqti va suvda boshqa tuxum va sperma mavjudligi bilan boshlanadi. Germafrodit mollyuskalar avval spermatozoidlarini, keyin esa tuxumlarini chiqaradi va shu bilan oʻz-oʻzini urugʻlantirishdan qochadi[3].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tur yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarning xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konventsiyaning (CITES) II ilovasiga muvofiq himoyalangan. Turning barcha qismlari bilan savdo qilish uchun xalqaro import/eksport qilish uchun CITES ruxsatnomasi olinish kerak[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Wells, S. (1996). Tridacna maxima. IUCN Red List of Threatened Species. 1996: e.T22138A9362499. doi:10.2305/IUCN.UK.1996.RLTS.T22138A9362499.en. Retrieved 19 November 2021.
  2. 2,0 2,1 „Appendices | CITES“. cites.org.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Ellis, S. (1998) Spawning and early larval rearing of giant clams (Bivalvia: Tridacnidae).
  4. „Giant clams could inspire better color displays and solar cells“. www.gizmag.com (2016-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 23-yanvar.
  5. Huelsken, T., Keyse, J., Liggins, L., Penny, S., Treml, E.A., Riginos, C. (2013) A Novel Widespread Cryptic Species and Phylogeographic Patterns within Several Giant Clam Species (Cardiidae: Tridacna) from the Indo-Pacific Ocean.
  6. Wells, S.M., Pyle, R.M. and Collins, N.M. (1983) The IUCN Invertebrate Red Data Book.