Max Ernst

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ernst Max (Mach) (1838.18.2, Moraviya — 1916.19.2, Myunxen yaqinidagi Har shahri) — avstriyalik faylasuf, fizik. Venauntida privatdotsent (1861), Grats untida fizika prof. (1864), Pragadagi nemis untida fizika prof. va rektor (1867), Vena untida falsa-fa prof. (1895—1901). M. fizika va falsafa sohasida yirik tadqiqotlar olib borgan. Uning ilmiy gʻoyalari nazariy mexanika, optika, akustika, kosmologiya va bilish nazariyasida salmokli oʻrin egallaydi. M. tom maʼnoda klassik mexanikaga asoslangan olamning ilmiy manzarasini oʻzgartirishga kirishgan jurʼatli olimlardan biri. A. Eynshteyn nisbiylik nazariyasini kashf etishda oʻziga Maxning asarlari katta yordam berganligini taʼkidlagan. "Mexanika. Rivojlanishining tarixiytanqidiy ocherki" asarida I. Nyutonning vaqt, fazo va harakat haqidagi qarashlarini tanqidiy tahlil etib, ularning mutlaqyaigi haqidagi gʻoyaning biryoqlama ekanligini ilmiy asoslaydi va inersial sistemalarning Koinotning umumiy massasi bilan belgilanishini taʼkidlovchi "Max prinsipi"ni ilgari suradi. Bu prinsip hozirgi zamon kosmologiyasida ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, unda fazo-vaqt kontinuumi metrikasi koinotda moddaning taqsimlanishiga bogʻliqdigini asoslovchi gʻoya mujassamlashgan. Bu gʻoya umumiy nisbiylik nazariyasining bugungi kundagi taraqqiyoti uchun ham muhim evristik ahamiyatga egadir.

Max pozitivistik falsafaning 2-bosqichi hisoblangan empiriokrititsizm falsafasining asoschilaridan biri sifatida klassik mexanikaning "absolyut fazo-vaqt" haqidagi tasavvurlariga relyativistik nuqtai nazarni qaramaqarshi qoʻyish asosida voqelikni sezgilar majmuasi sifatida talqin etadi. Max tarafdorlari bilish va tajribaning tabiatini, subʼyekt va obʼyekt muammosini, "narsa", "substansiya" kategoriyalarining xususiyatlarini, voqelikning asosiy "elementlari"ning tabiatini, jismoniylik va ruhiylikning oʻzaro munosabati va boshqa shu singari muammolarni yangicha tadqiq etishga kirishishdi. Ularning nuqtai nazaricha, falsafaning vazifasi ilmiy bilish nazariyasini yaratishdan iborat. Mahistlar tabiatshunoslikda 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida qilingan yirik kashfiyotlar olamning ilmiy manzarasining tubdan oʻzgarishiga sababchi boʻlishi bilan bir qatorda "materiya yoki moddiylikning aslida yoʻqligini isbotlaydi", degan xulosani yoqlab chiqishdi.

Max sababiyat, zaruriyat, substansiya tushunchalarini "tajribadan" tashqari, "tajribada" boʻlmagan tushunchalar sifatida talqin etgan. Max mansub boʻlgan empiriokratitsizm falsafasi 20-asr arafasida fizikadagi buyuk kashfiyotlarni materializmga tayanmasdan yangicha tushunishga yoʻl ochuvchi prin-siplarni ilgari surdi. Ammo bu prin-siplar yangi fizikaning mohiyatini anglash uchun yetarli emas edi, chunki, mikrodunyo hodisalarini makroskopik tarzda talqin etish obʼyektning asl mohiyatini anglashga toʻsqinlik qilardi. Shu sababli pozitivizmning bu koʻrinishi falsafa tarixida oʻtkinchi bir hodisa boʻlib qoldi, xolos. Asosiy asarlari: "Sezgilar tahlili", "Mexanika", "Bilish va yanglishish" va boshqalar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil