Sirboy Mavlonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mavlonov Sirboydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Mavlonov Sirboy (1922.17.9, Kustanay viloyati — .?, Olmaota) — Qozogʻiston xalq shoiri (1982). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—43). Urushdan yarador boʻlib qaytgach, Kustanay viloyati gaz.da muharrir oʻrinbosari (1943— 50). Soʻng turli vaqtda Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, "Qozoq adabiyoti" gaz. va "Juldiz" ("Yulduz") jurnalning bosh muharriri. Sheʼriy ijodi 1948 yildan boshlangan. "Yangi bahor" (1956), "Moviy togʻlar" (1964), "Yer qaymogʻi" (1965), "Jangchining kafti", "Tanlangan lirika" (1967), "Qadimiylik va yoshlik" (1969), "Barglar yonmoqda" (1971), "Aprel yomgʻiri" (1972), "Subhidam" (1976) singari qozoq va rus tillarida 30 dan ziyod sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Bayron, Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Mayakovskiy, Gʻafur Gʻulom, Mirtemir, Shukrullo, Mirmuhsin sheʼrlarini qozoq tiliga tarjima qilgan.

M. oʻzbek adabiyotining Qozogʻistondagi eng faol targʻibotchilari va tarjimonlaridan biri. M.ning "Kuzgi bulutlar" (1987) toʻplamidan joy olgan "Oʻzbekiston — gullar diyori" sheʼriy turkumi shoirning oʻzbek yurti va oʻzbek xalqiga mehr-muhabbat tuygʻulari bilan yoʻgʻrilgan. L.ning bir qancha sheʼrlari Mirtemir, S. Akbariy, M. Jalil va boshqa tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Abay nomidagi Qozogʻiston Davlat mukofoti laureati.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil