Mavlono Yaqiniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avliyo

Ism

Mavlono Yaqiniy

Tavalludi

XVI asr

Falsafa maktabi


Mavlono Yaqiniy — (XVI asr) — alloma va avliyo. Hazrat Mavlono Yaqiniy Xoja Mironshoh Jo‘yboriyning o‘g‘illari hisoblanadi[1]. Bu zoti sharif darveshlikda umrlarini o‘tkazgan, „Yaqiniy“ taxallusi bilan gʻazallar bitgan. „Muzakkiri ahbob“da yozilishicha, „mashhur salosili arbaʼ“ (to‘rt silsila)ni nazm libosiga burkab, ushbu qitani ham unda imlo qilgan. Qitʼa: Baʼd az on chor mazhabi barhaq, Ki boshad dar shariati g‘arro. Hast dar jahon chor tariq, Behtarini tariqi rahi Xudo. Naqshbandiyu Jahriyavu Zayniy, Hast chorum tariqati Kubro. Mazmuni: shariatdagi to‘rtta barhaq bo‘lgan mazhabdan so‘ng yana to‘rtta to‘g‘ri tariqat bor. Bular: naqshbandiya, jahriya, zayniya va kubraviya hisoblanadi. Mavlono Yaqiniyning ushbu ruboiylari ham ajib voqe bo‘lgandir: Az bodi sabo bo‘yi tu meyobad dil, Dar gud asari ro‘yi tu meyobad dil. Bui ki na hadi mushku anbar boshad, Az xoki sari ko‘yi tu meyobad dil. Mazmuni: Tonggi sabodan sening hidingi ko‘ngul topar, gulda sening yuzingni ko‘ngul ko‘rar. Shunday hidga tenglashmoqqa na mushku anbar hadi siqqay, uni faqat ko‘chang tuprog‘idan topar dil. Hazrat Mavlono Yaqiniy XVI asrda yashab faoliyat ko‘rsatgan edi. Yuqorida nomlari zikr etilgan to‘rtta tariqatdan ham bahramand bo‘lgan edilar. Mavlono Yaqiniyning ushbu ruboiylari ham ajib voqe bo‘lgandir: Az bodi sabo bo‘yi tu meyobad dil, Dar gud asari ro‘yi tu meyobad dil. Bui ki na hadi mushku anbar boshad, Az xoki sari ko‘yi tu meyobad dil. Mazmuni: Tonggi sabodan sening hidingi ko‘ngul topar, gulda sening yuzingni ko‘ngul ko‘rar. Shunday hidga tenglashmoqqa na mushku anbar hadi siqqay, uni faqat ko‘chang tuprog‘idan topar dil. Hazrat Mavlono Yaqiniy XVI asrda yashab faoliyat ko‘rsatgan edilar. Yuqorida nomlari zikr etilgan To‘rtta tariqatdan ham bahramand bo‘lgan edilar. U toʻgʻrisida maʼlumotlar aniq saqlanmagan. U oʻz zamonasining mashhur allomalaridan biri boʻlgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.