Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Xulqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Xulqiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning nazmiy tabʼi yomon emasligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Ey sarvinoz, dar dili mo jo namekuni,

Jo mekuni, vale ba dili mo namekuni.

(Mazmuni: Ey sarvinoz, bizning dilimizdan joy olmaysan, joy olasan, lekin bizning dilimizdan emas)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.