Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Vaysiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Vaysiy (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik kotib va shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning[1][2] ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning juda sodda kishi boʻlganligini, zamona ahli uning bu qadar soddalik bilan qanday sheʼr aytishi mumkinligidan ajablanishlari haqida yozar ekan, “gʻazallari yomon ermas erdi va devoni ham bordur”, deydi. Mavlono Vaysiy safar chogʻida vafot etgan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Raftam ba sayri bogʻu

  tavofi bunafshazor,

Omad zi har bunafsha

  maro boʻi zulfi yor.

(Mazmuni: Bogʻ sayriga, binafshazorni aylanishga chiqdim va har bir binafshadan yorim sochlari isini tuydim).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.