Mavlono Shayxiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Shayxiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan tabaslik fors shoiri. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan[1].

Alisher Navoiy uning Iroqqa borib, musiqa ilmini oʻrgangani, bu fanga doir risolalar bitgani, Tabasga qaytgach, shayx­lik bilan mashgʻul boʻlganligini aytadi. Muhammad Qazviniy shoir haqida quyidagilarni ilova qiladi: Mavlono Shayxiy Arabistonda musiqa sohasida katta shuhrat qozonadi. Uning ikki gʻulomi boʻlib, ular joʻrovozlikda Shayxiyning asarlarini kuylaganlar. Bittasi Siyohcha nomli hindu boʻlib, Rumga ketadi. Rumning musiqa sohasidagi mashhur sanʼatkori darajasiga yetadi. Ikkinchisi rumlik boʻlib, Hindistonga ketadi va oʻsha yerda faoliyat yuritadi. “Majolis un-nafois”da Mavlono Shayxiyning quyidagi bayti keltirilgan:

In na dogʻyest ki bar sinai soʻzoni man ast,

Muhri ishq ast ki az mehri tu bar joni man ast.

(Mazmuni: Koʻksimda yonayotgan bu narsa dogʻ emas, bu ishq muhridirki, u sening sevging uchun jonimgʻa bosilgan)[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.