Mavlono Shavqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Shavqiy (15–16-asr) – chechaktulik zullisonayn shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan[1]. Alisher Navoiy uning muloyim va yoqimli yigit ekani, dimogʻidagi xastalik tufayli yaxshi qiroat qila olmasligini aytib, forsiyda bitgan bir bayti va quyidagi turkiy matlaʼsini keltiradi:

Borib ovora koʻnglum zulfing ichra mubtalo qoldi, Tarahhum qilki, mendin bordi-yu, emdi sango qoldi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.