Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Qobiliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Qobiliy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan turshizlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning sipohiylik bilan ham mashgʻul boʻlganini, goʻyo odamlarni koʻp hajv qilgani uchun har ikkala hunaridan ayrilganligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi matlaʼsi keltirilgan boʻlib, Navoiy “bu sheʼri bila oʻzin hajv ham qilibtur. Bovujudkim, hech mazasi yoʻqtur va qofiyasi ham gʻalatdur” deb yozadi:

Ajab navbad ba lutf arzonki, binavozi gʻaribonro,

Navozish z-onki, rasm-u odati xubest xubonro.

(Mazmuni: Lutf-marhamatingni arzon qilib, goho gʻariblarni yoʻqlab tursang yomon boʻlmas edi. Chunki marhamat koʻrgazish goʻzallarning goʻzal odatidir).

Navoiy bu oʻrinda “qofiyasi gʻalat” deganda, “gʻaribonro – xubonro” qofiyalaridagi “b” raviysidan oldin kelayotgan ridfi asliyning ikki xil harf: “i” va “u”boʻlib kelayotganligini nazarda tutyapti, aslida mumtoz qofiya talabiga koʻra ridfi asliy bir xil unli harfdan iborat boʻlishi kerak[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.