Mavlono Nizom II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Nizom II (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy uning qasida janrida mohir ekanligini aytib, “Bahoriya” qasidasidan olingan quyidagi baytni keltiradi:

Boz gulzori xat az sabzai tar paydo kard,

Kori boʻstoni jahon rangi digar paydo kard.

(Mazmuni: Miyigʻidagi sabzalar gulzori yana soʻlim maysalar paydo qildi. Jahon bogʻining ishi bu: yana boshqa rang paydo qildi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.