Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Moyiliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Moyiliy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan isfaroyinlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy uning yaxshi sheʼriy tabʼga ega ekani, lekin tabiatida savdoylik borligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Hast dar sina zi paykoni sitamkorai man,

Jon zi dil tangu zi jon in dili ovorai man.

(Mazmuni: Siynamda sitamkorning oʻqidan yara bor. Jonim dildan, ovora dilim esa jondan batang keldi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.