Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Majnuniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Majnuniy (XV–XVI asr) – balxlik turkigoʻy shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning bechorahol kishi ekani, roʻzgʻorini yagona hunari – xattotlik bilan tebratishi, Xoja Ukosha qabristonida sokin – goʻyo koʻngil daftarida bitilgan oʻy-xayollarni sheʼrga koʻchirish bilan mashgʻul boʻlishini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Mohi tobonim isitti, qildi bagʻrimni kabob, Oy edi, emdi harorattin boʻlubtur oftob[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.