Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Jamoliddin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Jamoliddin (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir va mudarris, Abdurahmon Jomiyning[1] qarindoshi. Nomi “Majolis un-nafois”ning[2] toʻrtinchi majlisida til­ga olinadi. Alisher Navoiy uning Jomiy madrasasida mudarris ekanligini aytib, “agar tanballigi gʻolib kelmasa edi, donishmand boʻlar edi”, deb yozadi. “Majolis un-nafois”­da uning quyidagi bayti keltiril­gan:

Manam on qumrii nolon zi

  shavqi sarvi dil joʻyat

Ki, doram tavqi gardan

  az xami qullobi abroʻyat.

(Mazmuni: Koʻngil oluvchi sarv qomating shavqidan nolagar bir qumriman, yoyma qoshing tuzogʻidan boʻynimda sirtmogʻim bor).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Majolis un-nafois. 
  2. Alisher navoiy: Qomusiy lug'at.