Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Havoyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Havoyi (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir, Mavlono Mashriqiyning ukasi. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning naqqoshlikdan xabardorligi, kitob bezash qobiliyatiga ham ega ekani, oʻz sheʼrlarini oʻzi koʻchirib, kitob holiga keltirganligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Ba girdi koʻyi tu bo sad niyoz megardam,

Bahona mekunam az dur-u boz megardam.

(Mazmuni: Koʻchang atrofida yuz zorlanib aylanaman, bahona qilib, uzoqdan yana aylanaman).

Mavlono Havoyi Hirotda vafot etgan, qabri Xoja Chilgaziy mahallasi yaqinida[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.