Mavlono Doiy II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Doiy II (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning[1] uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy[2] uning astarobodlik ekanligini, sheʼriyatda oʻziga xos uslubda yozishga intilishini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

On pariroki, zi gulbarg

  qabo dar bari oʻst,

Har taraf bandi qabo nestki,

  bolu pari oʻst.

(Mazmuni: U shunday pariroʻyki, kiygan libosi gul bargidan. Libosining ikki tomonidagi bogʻich emas, uning par va qanotlaridir)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy:Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.