Matthew Calvert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matthew Calvert
Matt Calvert - Columbus Blue Jackets.jpg
Calvert Columbus Blue Jackets klubida 2014-yil
Tugʻilgan joyi 24-dekabr 1989-yil (1989-12-24) (33 yosh)
Brandon, Manitoba, Kanada
Boʻyi 5 ft 10 in (178 cm)
Ogʻirligi 174 lb (79 kg; 12 st 6 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari Columbus Blue Jackets
Colorado Avalanche
NHLga kirish drafti 127-oʻrindagi tanlov, 2008
Columbus Blue Jackets
Jamoalardagi faoliyat 2010—2021

Matthew Dean Calvert (talaffuzi: Metyu Din Kalvert) (1989-yil 24-dekabrda tug‘ilgan) —kanadalik sobiq professional xokkeychi. Matthew Calvert Milliy xokkey ligasidagi (NHL) faoliyati davomida "Columbus Blue Jackets" va "Colorado Avalanche" xokkey jamoalarida o‘ynagan.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsmir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matthew Calvert oʻzining xokkeychilik faoliyatini Manitoba Junior Xokkey Ligasi (MJHL) ning "Winkler Flyers" xokkey jamoasida boshladi. Shundan keyin Matthew Calvert Gʻarbiy Xokkey Ligasi (WHL) vakili "Brandon Wheat Kings" xokkey klubida uch mavsum oʻtkazdi[1].

Matthew Calvert 2008-yilgi NHL kirish loyihasida "Columbus Blue Jackets" xokkey klubi safiga qoʻshildi[2]. Matthew Calvert 2009—2010-yilgi mavsumda „Brandon Wheat Kings“ xokkey klubi sardori etib tayinlandi[3].

Professional[tahrir | manbasini tahrirlash]

Columbus Blue Jackets[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matthew Calvert 2010—2011-yilgi mavsumni „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubining Amerika Xokkey Ligasi (AHL) filiali „Springfield Falcons“ xokkey jamoasi bilan boshladi. Keyinchalik Matthew Calvert 2011-yil 8-yanvarda klub safida NHLdagi debyutini „Anaheim Ducks“ xokey klubiga qarshi uchrashuvda (6:0 hisobida magʻlubiyat) oʻtkazdi. Matthew Calvert oʻzining NHLdagi birinchi golini "Los Angeles Kings" xokey klubi darvozaboni Jonathan Quick darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Colorado Avalanche[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 1-iyulida Matthew Calvert erkin agent sifatida "Colorado Avalanche" xokkey klubi bilan uch yillik 8,4 million dollarlik shartnoma imzolash uchun „Blue Jackets“ xokkey klubini tark etdi[4].

2021-yil 22-iyulda Matthew Calvert jarohati tufayli NHLdagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[5].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matthew Calvert va uning rafiqasi Courtney 2014-yilda turmush qurishgan. Er-xotinning Kasey va Beau ismli ikkita oʻgʻli bor[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2005—2006 Brandon Wheat Kings AAA MMHL 38 24 30 54 48 6 3 6 9 0
2006—2007 Brandon Wheat Kings AAA MMHL 30 28 55 83 46 16 5 13 18 16
2006—2007 Winkler Flyers MJHL 1 0 0 0 15
2007—2008 Brandon Wheat Kings WHL 72 24 40 64 53 6 1 2 3 2
2008—2009 Brandon Wheat Kings WHL 58 28 39 67 58 12 9 8 17 22
2009—2010 Brandon Wheat Kings WHL 68 47 52 99 70 15 9 7 16 15
2010—2011 Springfield Falcons AHL 38 13 12 25 12
2010—2011 Columbus Blue Jackets NHL 42 11 9 20 12
2011—2012 Columbus Blue Jackets NHL 13 0 3 3 16
2011—2012 Springfield Falcons AHL 56 17 19 36 52
2012—2013 Springfield Falcons AHL 34 10 11 21 39
2012—2013 Columbus Blue Jackets NHL 42 9 7 16 32
2013—2014 Columbus Blue Jackets NHL 56 9 15 24 53 6 2 2 4 4
2014—2015 Columbus Blue Jackets NHL 56 13 10 23 28
2015—2016 Columbus Blue Jackets NHL 73 11 13 24 51
2016—2017 Columbus Blue Jackets NHL 65 10 5 15 48 4 1 1 2 4
2017—2018 Columbus Blue Jackets NHL 69 9 15 24 33 6 3 1 4 4
2018—2019 Colorado Avalanche NHL 82 11 15 26 58 8 0 4 4 18
2019—2020 Colorado Avalanche NHL 50 12 13 25 39 8 1 2 3 4
2020—2021 Colorado Avalanche NHL 18 0 3 3 6
NHL jami 566 95 108 203 376 32 7 10 17 34

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Eliteprospects.com - Matt Calvert“. Elite Hockey Prospects (26-fevral 2011-yil). Qaraldi: 26-fevral 2011-yil.
  2. „Calvert is Brandon Bound“. Our Sports Central (28-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 26-fevral 2011-yil.
  3. „Eliteprospects.com - Matt Calvert“. Elite Hockey Prospects (26-fevral 2011-yil). Qaraldi: 26-fevral 2011-yil. „Eliteprospects.com — Matt Calvert“. Elite Hockey Prospects. February 26, 2011. Retrieved February 26, 2011.
  4. „Avalanche signs Matt Calvert“. Colorado Avalanche (1-iyul 2018-yil). Qaraldi: 1-iyul 2018-yil.
  5. „Matt Calvert announces retirement after 10 NHL seasons“ (en). www.nhlpa.com. Qaraldi: 22-iyul 2021-yil.
  6. „Oft-injured Avalanche forward Matt Calvert officially retires“. denverpost.com (22-iyul 2021-yil). Qaraldi: 23-iyul 2021-yil.