Materialshunoslik instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fizika -Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Materialshunoslik instituti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va „Fan va texnika“ davlat tashkiloti katta xizmatlari evaziga 1993- yil tashkil etilgan. U Parkent tumanida joylashgan . Bu dargohda 6 ta turdagi labaratoriya boʻlimlari mavjud, ular „keramika boʻlimi“, „mexanika sehi“, „avtogaraj“, "yordamchi hoʻjalik " va xizmatchilar boʻlimidan iborat [1].

Institut faoliyati[tahrir]

Materialshunoslik institutida qiyin eruvchi oksid materiallarni sintez qilish va yana ularni xossalarini yaxshilash maqsadida nur yordamida ishlov berish, elektr energiyasi, juda ham sof va yuqori texnologik matryallarni, yangi texnik matryallarni nurga chidamliligini sinovdan oʻtkazish va shuga oʻxshash boshqa tadqiqotlar amalga oshiriladi. Ushbu vazifalarni bajarishda lazerlar va suniy manbali pechlar bilan bir qatorda quyosh energiyasidan ham faol ravishda foydalaniladi. Ayrim hollarda turli tarkibli yorugʻlik oqimiga ega boʻlgan quyosh energiyasini qoʻllash koʻrsatilgan masalalarni yechishda bular yagona uslub hisoblanadi. Bunday hollarda Katta Quyosh Konsentratori (KQK) yanada qulay hisoblanadi.

  • Materialshunoslik institutidagi tadqiqotlar
  • * Mujassamlashgan quyosh nurlarining moddalar bilan tasiri.
  • * (KQK)da oldindan berilgan xossalarga ega boʻlgan yuqori temperaturali, oʻta chidamli, nometal materiallar sintez qilish va ishlab chiqarish jarayonlarining fundamental

tadqiqotlari.

  • * Katta quyosh energetik qurilmalarini yaratish usullari va (KQK) imkoniyatlarini yanada kengaytirish .
  • * Mahalliy hom ashiyo va ishlab chiqarish chiqindilari asosida medetsina, energetika, neft-gaz, yengil va elektronika sanoatida import oʻrnini bosadigan keramik va

oʻta chidamli materiallar va buyumlar olish ilmiy texnik ishlanmalari .

  • * Materiallar, konstruksiyasi va yangi texnika qisimlarini turli spektral tarkib va quvvatli va uzluksiz jarayonlarda mujassamlashgan quyosh nurlari oqimi sharoitida

komplex sinovdan oʻtkazish kabi ishlar olib boriladi.[2]
Materialshunoslik institutida (KQK)dan tashqari materiallarni kimyoviy, mineralogik tarkibini aniqlash, keng temperatura koʻlamida sintez qilish imkonini beruvchi preslar, materiallarni oʻta chidamliligini aniqlovchi 2000C darajali „kriptol“ pechi kabi zamonaviy talablar darajasidagi qurilma va uskunalarga ega. Oʻtgan davr davomida institutda xodimlari tomonidan mahalliy hom ashiyo negizida ishlab chiqarilgan texnalogiyalar asosida Respublika, shiningdek yaqin va horij mamlakatlarining 100 dan ortiq patenti olindi. Fundmental ilmiy-texnik, amaliy-texnalogik tadqiqotlar borasida erishilgan eng muhim natijalar sifatida quidagilarni koʻrsatish munkin .

  • Unversal fotometr yordamida quyosh konsentratori energetik xususiyatlarini oʻlchashning samarli usuli ishlab chiqildi. Komsentrator-selektiv qabul qilivchi tizimida

foydali ish koyfisenti uchun qoʻllanish sohalari aniqlanadi va natijalar quyosh energiyasidan selektiv yutuvchan moddalar yaratishda samarali foydalanilishi munkin .

  • (KQK) geliostatlarini boshqarish tizimi ishlab chiqish muammolarni hal qilish va geliostat maydonidan samarali foydalanish hamda astrofizik kuzatuvlar oʻtkazish

imkonini beruvchi modullar va dasturlar ishlab chiqildi .

  • 1500 vatga ega boʻlgan kichik quyosh pechlari yaratildi va Hindiston hamda Misr Arab Respublikasiga yuborildi.
  • Litiy -altumochilikat shishasi kukunidan elektrotexnika sanoatida ishlatiladigan sitallar olish keramik texnalogiyasi yaratildi.
  • Kardierit shishasi va glinozemli chiqindilar negizida katta zichlikka ega termik mustaxkam mullit keramika yaratilib, elektr uzatish tarmoqlari uchun yuqori kuchlanishli

izolyator ishlab chiqarish saxasiga taqdim etildi.

  • Neft-gaz mahsulotlari bugʻlanib, kamayishi darajasini kamaytirishda qoʻllanadigan suzuvchi keramik protonlar olish texnalogiyasi ishlab chiqilib, olingan mahsulotlar

Shoʻrtangaz va „MGKIZ“ korxonalarida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi.

  • Berilgan kompeks xossalarga ega boʻlgan materiallar sinifini (KQK)da sintez qilish texnalogiyasi yaratilib, olingan implusli nurlanvchi buyumlar, sterilzatorlar

isitgichlar Oʻzbekiston, Germaniya, Vetnam, Malayziya va boshqa koʻplab mamlakatlar shifoxonalarida qoʻllanilmoqda.[3]

Manbalar[tahrir]

  1. www.academy.uz/uz/about/struture/5.php
  2. www.academy.uz/uz/about/doclad2.php
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi , Fizika — Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi