Mashrab Boboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mashrab Boboyev— taniqli oʻzbek yozuvchisi, shoir, dramaturg. 1941-yil Samarqand viloyatining Payariq tumanida tavallud topgan. Toshkent (2003-yil 23 -iyulda Toshkent shahrida vafot etgan.) Teatr va rassomlik sanʼati insituti aktyorlik fakultetida tahsil olgan.

Mashrab Boboyev
Tavalludi 1941-yil
Vafoti 2003-yil 23-iyul
Fuqaroligi SSSR va O'zbekiston
Yoʻnalish Nasr
Mukofotlari O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi mukofoti

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashrab Boboyev 1941-yilda Samarqand viloyati [[Poyariq tumanida oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan.1956-yil o'rta maktabni bitirgach avval jamoa xo'jaligida keyin qishloq kutubxonasida ishladi.1960-1965-yillarda Toshkent Teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetida tahsil oldi. Respublika Xalq ijodiyoti uyida uslubchi,Samarqand viloyati Xalq ijodiyoti uyining direktori,"Yosh Gvardiya"(hozirgi Yangi asr avlodi) va G'afur G'ulom nomidagi nashriyotlarida muharrir bo'lib ishladi.Respublika radiosi, "Sharq yulduzi" jurnali O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat ko'rsatdi.Teatrlarda adabiy emakdoshlik qildi.Madaniyat ishlari vazirligida repertuar bo'limi mudiri,Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tarjima tahririyatining bosh muharriri boʻlib ishladi.[1]

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashrab Boboyev adib sifatida 60-yillardan boshlab matbuotda koʻrina boshlagan. Uning „Onamga xat“(1971), „Bahor kayfiyati“(1974) „Paxtam mening-baxtim mening“(1975), „Gurung“(1975), „Kechki trolleybus“(1977), „Bagʻishlov“(1978), „Olisdagi chiroq“(1980), „Soʻz“(1982) „Men bilgan sir“(1990), „Qani mening yulduzim?“(1991), „Nomsiz yulduzlar“(1991) kabi koʻplab kitoblari nashr boʻlgan. Shuningdek u „Oʻttiz yoshlilar“, „Yer tomiri“, „Toshkentdan kelgan mehmon“(„Gurung“), „Tunis prezidenti“(„Mushkul savdo“), „Bizning hovli“(„Onaizor“) „Oʻz uyingdasan“, „Qani mening yulduzim?“, „Suyanch toglari“ kabi qator sahna asarlari yozib, tomoshabinlar eʼtiborini tortgan[2].Mashrab Boboyevning „Iroda“, „Sevgi nidosi“(Alisher Navoiyning "Sab’ai sayyor" dostoni asosida milliy balet) hamda „Koʻngil koʻchalari“ deb atalgan koʻp qismli videofilmlari namoyish etilgan.[3]

Tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashrab Boboyev mohir tarjimon ham edi. U A.Pushkin, R.Hamzatov va boshqa shoirlarning sheʼrlarini, V.Katayevning „Xayol chechaklari“ romanini,Muin Bsisuning „Tashrif qogʻozi“, Otar Chiladzening „Rangin dunyo“ nomli sheʼriy kitobi va yigirmadan ortiq dramatik asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashrab Boboyev 1995-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „MASHRAB BOBOYEV“ (3-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.
  2. Sobir Mirvaliyev. O'zbek Adiblari (o'zbekcha). "Fan" nashiryoti — 157 bet. 
  3. „Сўз айтгани келди дунёга...” Ёзувчи ва драматург Машраб Бобоев ҳақида хотиралар“. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.