Mashina tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mashina tili - EHM va kompyuterlar uchun dasturlar (programmalar) tuzish "tili"; eng sodda algoritmik til. Uning mazmuni va kridalari raqamli hisoblash mashinalari va kompyuterlarda ishlab chiqiladi. Asosiy mohiyati axborotlar (dastlabki maʼlumotlar, rakamlar) ni kodlashdan iborat. Mashina tili timsollari — ikkilik sanok, tizimi (sakkizlik va oʻn oltilik sa-noq tizimiga oʻtkazib), odatda, timsollar, adreslar, amallar kodi va buyruq belgilariga guruxlanadi. Buyruqlardan masala algoritmlari amalga oshiruvchi dasturlar tuziladi. Dasturda har qaysi masala algoritmini amalga oshirish uchun aniq buyruklar boʻlishi kerak: sonlar xotira qurilmasining qaysi uyasida saqlanishi, sonlarni ishlatish va joʻnatish yoʻllari, hisoblash natijalari qayerda saqlanishi aniq koʻrsatiladi. Mashina tilining asosiy kamchiligi bir turdagi EHM va kom-pyuterlar uchun tuzilgan dasturlar boshqa turlardagilari uchun yaramaydi. Dasturlar tuzish uchun juda koʻp Mashina tili yaratilgan — algol, fortran, kobol, simula va boshqa Ularning har biri uchun mashina dasturini qayta tuzuvchi translyator mavjud. Ikkilik sanoq tizimidan koʻra mukammalroq yuqori darajadagi Mashina tili sifatida blok sxemalardan foydalaniladi (qarang Programmapash).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Aʼzamov A., Yoʻldoshev A., Beysik MSX, T., 1993.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil