Mariya Sur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mariya Sur

Mariya Sur 2024-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 31-dekabr 2004-yil (2004-12-31) (19 yosh)
Zaporojye, Ukraina
Fuqaroligi Ukraina
Kasbi xonanda
Leybl Warner Music Sweden
Faoliyat yillari 2022–h. v.

Mariya Sur (ukraincha: Марія Сур; 2004-yil 31-dekabrda tugʻilgan) – Shvetsiyada yashab ijod qiluvchi ukrainalik qoʻshiqchi[1]. Melodifestivalen 2023 da „Never Give Up“ qoʻshigʻi va „Melodifestivalen 2024“ „When I’m Gone“ qoʻshigʻi bilan mashhur boʻldi.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mariya Sur Zaporojye shahrida tugʻilgan. 2022-yilda The Voice louyihasining Ukraina versiyasi boʻlgan Golos Kraini ning oʻn ikkinchi mavsumida ishtirok etdi. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Sur va uning onasi Ukrainadan qochib, Shvetsiyaga joylashganlar[2]. Sur tez orada qoʻshiqchi Sara Dawn Finer bilan aloqaga chiqqan, bu esa Surning Stokgolmdagi Avicii Arenada Ukraina bilan birdamlik uchun xayriya galakonsertida chiqish qilishiga sabab boʻlgan va bu yerda „Survivor“ Destiny's Child qoʻshigʻini ijro etgan[3]. Keyinchalik Warner Music Sweden bilan rekord shartnoma imzoladi[4].

Sur „Melodifestivalen 2023“ da „Never Give Up“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, finalda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan[2]. 2023-yilning yozida Sur Shvetsiya boʻylab Diggiloo gastrollarida qatnashgan[5]. Melodifestivalen 2024 da „When I’m Gone“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan[6]; 2024-yil 10-fevralda yarim finalda ikkinchi oʻrinni olib, toʻgʻridan-toʻgʻri finalga yoʻllanma olgan. Tez orada Melodifestivalen fandomida mashhurlikka erishadi, uning qoʻshigʻi gʻalaba zavqini ulashuvchi deb eʼtirof etilgan. Oxir-oqibat, hakamlar hay’atidan 37 ball va televideniyedan 35 ball toʻplab, jami 72 ball toʻplagan holda finalda yettinchi oʻrinni egallagan[7].

Mariya Sur Melodifestivalen 2024 da „When I’m Gone“ qoʻshigʻini ijro etmoqda

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Singllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Singllar roʻyxati
Sarlavha Yil Grafikdagi eng yuqori oʻrinlari Albom
SWE
„Never Give Up“ 2023-yil 17
„When I’m Gone“ 2024-yil 12[8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rakel Clinton Lucas. „Maria Sur: "Jag förstår faktiskt inte hur jag har orkat"“. Dagens Nyheter (2023-yil 11-fevral). Qaraldi: 2023-yil 1-mart.
  2. 2,0 2,1 Berglund, Björn. „Maria Sur: Från kriget till Melodifestivalen“. TT. Aftonbladet (2023-yil 8-fevral). Qaraldi: 2023-yil 1-mart.
  3. „Maria Sur flydde kriget – får stående ovationer i Avicii Arena“. TV4.se. 2023-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-mart.
  4. Larsson. „Artisten Maria Sur flydde Ukraina – nu gör hon succé i Sverige“. Expressen (2022-yil 17-iyun). Qaraldi: 2023-yil 1-mart.
  5. „Artisten Maria Sur uppträder på vår scen“. bingolotto.se. Qaraldi: 2023-yil 1-mart.
  6. „The 30 artists competing in Sweden's Melodifestivalen 2024“. Eurovision.tv. European Broadcasting Union (EBU) (2023-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
  7. „Results and points to the Melodifestivalen 2024 final“. Eurovisionworld (2024-yil 9-mart). Qaraldi: 2024-yil 9-mart.
  8. „Veckolista Singlar, vecka 11“. Sverigetopplistan. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vikiomborda Maria Sur mavzusiga oid fayllar bor