Mariya Androsova-Ionova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mariya Nikolayevna Androsova-Ionova
Tavalludi 14-oktyabr 1864-yil
Yoqut viloyati
Vafoti 1941-yil (77 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Kasbi folklorshunos
Turmush oʻrtogʻi V. M. Ionov
Bolalari Lyudmila, Olga

Mariya Nikolayevna Androsova-Ionova (14 oktyabr 1864-yil, Yoqut viloyati — 1941-yil, Toshkent) – yakut eposining muallifi va ijrochisi, folklorshunos.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mariya Nikolayevna Androsova-Ionova 1864-yil 14-oktyabrda Yoqut viloyati, Boturu ulusi, Ikkinchi Igideyskiy ovulida tugʻilgan. Yetim qolib, bobosi qoʻlida katta boʻlgan.

U 1893-yilda surgun qilingan „Narodnaya Volya“ aʼzosi V.M.Ionovga turmushga chiqqan.

1899—1910-yillarda Yakutskda, 1910–1917-yillarda Petrogradda, 1917–1922-yillarda Kiyevda yashagan.

1922–1930-yillarda u SSSR Fanlar akademiyasining Antropologiya va etnografiya muzeyida (Kunstkamera) ishlagan.

U Fanlar akademiyasining Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Nyurbinskiy va Vilyuyskiy viloyatlaridagi ekspeditsiyalarida qatnashgan.

Mariya Nikolayevna Androsova-Ionova umrining soʻnggi yillarini Moskvada oʻtkazgan. Ulugʻ Vatan urushi boshlanishi bilan evakuatsiya qilingan va 1941-yilda Toshkentda vafot etgan[1].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

V.M.Ionov bilan nikohidan toʻrt farzand tugʻilgan, ikkita oʻgʻli yoshligida vafot etgan.

Katta qizi Lyudmila siyosiy faoliyati uchun ikki marta turli muddatlarga hukm qilingan (1924-yil 10-iyunda – Leningradda hibsga olingan. 16-mayda u konslagerga 3 yilga hukm qilingan va Solovetskiy maxsus lageriga joʻnatilgan. 1925-yil Verxne-Ural siyosiy izolyatoriga oʻtkazilgan. 1927-yil iyun oyida Sibirga 3 yilga surgun qilingan va Narim oʻlkasiga yuborilgan). 1930-yillarning boshlarida Lyudmila Vsevolodovna Ionova onasining iltimosiga binoan 3 yil yashash huquqini cheklash bilan ozod qilingan. Qozonda yashagan, keyinchalik Olmaotaga surgun qilingan, statistik inspektor boʻlib ishlagan. U uchinchi marta 1937-yil 16-oktyabrda Sovet hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolonni tayyorlashda ishtirok etganlikda soxta ayblovlar bilan hibsga olingan[2]. 21-noyabr kuni u VMNga hukm qilindi va oʻsha kuni qatl etilgan.

Ionovning kenja qizi Olga Vsevolodovna tarixchi olim boʻlgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mariya Nikolayevna bir nechta kitoblar muallifi hisoblanadi[3].

U E.K.Pekarskiyga „Yoqut tili lugʻati“ ilmiy ishini yozishda til mutaxassisi sifatida katta yordam bergan.

Nashr qilingan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • E.K.Pekarskiy tomonidan toʻplangan Yoqut xalq adabiyoti namunalari (Sankt-Peterburg, 1909-yil).
  • Sovet folklori (1936 yil).
  • Dabaan: Moskvadagi birodarlik almanaxi (1938-yil).

Ionovlar materiallarining aksariyati 1940-yilda A. A. Popov tomonidan nashr etishga tayyorlangan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Korkina Ye. I. Iz jizni i deyatelnosti M. N. Ionovoy-Androsovoy: Sb. nauch. tr. – Yakutsk, 1986.
  2. Sayt NIPTs „Memorial“ OB IONOVOY L. – v POMPOLIT
  3. Obrazsi narodnoy literaturi. – T. 1, Vip. 3.
  4. Alekseev N. A., Kuzmina Ye. N., Toburokov N. N. Folklor i traditsionnie obryadi yakutov: Vstupitelnaya statya // Obryadovaya poeziya saxa (yakutov). – Novosibirsk: Nauka, 2003.