Mariten Jak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mariten Jak (18.11.1889-04.29.1973)-neotomizm oqimiga mansub fransuz diniy falsafasi vakili. 1906-yilda katolik dinini qabul qilgan. Yangi davr falsafasini Mariten falsafiy tafakkur inqirozi va tubanlashuvi, deb baholangan edi. Lyuter, Dekart va Russo, uning fikricha, eʼtiqod tafakkur va hissiyot sohasi, subyektivizm tantanasining sababchilar boʻlib, ulardan keyin axloqiy va ijtimoiy boshboshdoqlik hukmron boʻladi. Bu holni bartaraf etishning yagona yoʻli esa, uningcha oʻrta asrlardagi „tafakkur tiniqligi“ va obyektivlikka qaytishida edi. Nyu-Yorkda Mariten „svilizatsiya“ nomi bilan „Siyosiy fal“ boʻyicha nashrlarning maxsus turkumini tashkil qildi. Bu turkumda u kapitalga asoslangan munosabatlarni „Xristian demokratiyasi“ nuqtai nazaridan tanqid qilgan asarlarni bosib chiqaradi. Mariten oʻzing sanʼatshunoslik va pedagogikakaga doir asarlari bilan ham tanilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Falsafa qomusiy lug'at. Sharq-2004 — 77 bet.