Mario Parmisano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mario Parmisano (1960-yil 18-iyun, Buenos-Aires) — argentinalik jazz pianinochisi. U gitarachi Al Di Meola bilan ishi va Buyuk tango ustasi Astor Piazzolla musiqasi haqida noyob talqinni ijro etgan Tango Jazz triosi uchun xalqaro maydonda tan olingan ijro ustasi hisoblanadi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parmisano oʻzining professional faoliyatini 1980-yillarning boshida boshlagan edi, jumladan Pedro Aznar, David Lebon, Silvina Garre, Estela Raval va Sergio Denis bilan birga musiqa faoliyati olib borishgan[2].

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda u New-Yorkka koʻchib oʻtdi va darhol Di Meola bilan birga boshladi. U koʻplab yozuvlarida pianinochi-aranjer-bastakor va yordamchi prodyuser sifatida ishtirok etgan. Di Meola bilan birga u Herbi Hancock, Chick Corea, Steve Gadd, Peter Erskine, Manu Katche, Antony Jackson, John Patitucci, Marc Johnson, Pino Palladino va Toronto simfonik orkestri bilan birga musiqa ijrolarini ommaga ijro etishgan[3].

15 yillik gastrol[tahrir | manbasini tahrirlash]

15 yillik gastrol davomida Parmisano Vena opera teatrida, Monreal, Montreux, JVC, Heineken, North-sea Jazz va Blue Note kabi jazz festivallarida chiqish qildi. U Al Di Meolaning Electric Project va Acoustic Group: World Sinfonia bilan birgalikda 2000 ga yaqin kontsert berdi. U Polshadan Amadeus kamera orkestri, Kiew-Ukraina simfonik orkestri va Moskva simfonik orkestri bilan Moskvadagi Peter Tchaikovsky zalida katta chiqish qiladi[4].

Ikkinchi albomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Parmisano Argentinaga qaytib, 2-albomi A mis Viejosni Buenos-Airesning La Trastienda shahrida, shuningdek, Hollywooddagi John Anson Ford amfiteatrida, Los-Anjelesda albomini yozadi.

Konserti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parmisano soʻnggi bir necha yil davomida koʻplab mamlakatlarda „Tribute to Piazzolla“, Mishel Camilo, Abraham Laboriel, Pako de Lucia va Kreml kamera orkestri kabi sanʼatkorlar bilan „Piazollaga hurmat“ nomli musiqasini ijro etadi. U Buenos-Airesdagi Colon teatrida Berklee musiqa kolleji direktori Fransisco Noya dirijyorligida Institut Superior of Art simfonik orkestri bilan konsert beradi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buenos-Aires qonun chiqaruvchi organi uni Buenos-Aires madaniyatining buyuk shaxsi deya shu unvon bilan taqdirladi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Un concierto privado con Mario Parmisano“ (es-ES). CNN (2012-yil 26-mart). Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  2. „Música: por la huella de Astor“ (es). 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  3. „The Music of America – PIANO & JAZZ“. cantusfirmusbg.com. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  4. „Mario Parmisano y Orquesta Académica del ISA Teatro Colón.“ (en). Vimeo. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  5. „Mario Parmisano en Apple Music“ (es-MX). Apple Music. Qaraldi: 2018-yil 8-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yamaha Music Europe https://es.yamaha.com/es/artists/m/mario_parmisano.html