Marina Shmonina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marina Konstantinovna Shmonina
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Tavallud sanasi 9-fevral 1965-yil (1965-02-09) (59 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 164 sm
Vazni 51 kg
Sport
Qaysi sport Yengil atletika

Marina Konstantinovna Shmonina (1965-yil 9-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet yengil atletikachisi, 4x400 metrga estafetada olimpiada chempioni. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1992).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marina Shmonina 1965-yil 9-fevralda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tugʻilgan. 1992-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining estafeta bahslarda qatnashgan. Yelena Ruzina, Lyudmila Jigalova, Olga Nazarova va Olga Brizginalar bilan birgalikda finalda gʻalaba qozonganida, Shmonina ham oltin medal bilan taqdirlangan. Shmonina Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbek sportchisi sifatida eslanadi[1].

Doping[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda IAAF yopiq inshootlardagi jahon chempionatida Shmoninaning anabolik steroid stanozolol uchun topshirgan doping testi ijobiy natija berdi va Rossiyaning 4x400 estafeta jamoasi oltin medalni yoʻqotdi. Shuningdek, Shmonina antidoping qoidalarini buzgani uchun 4 yilga sportdan chetlashtirildi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]