Marina Mabrey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marina Mabrey

Mabrey Dallas Wings bilan 2021-yilda
№. 3 – Dallas Wings
Pozitsiyasi Himoyachi
Liga WNBA
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 14-sentyabr 1996-yil (1996-09-14) (27 yosh)
Belmar, New Jersey
Millati Amerikalik
Boʻyi 5 ft 11 in (1.80 m)
Vazni 170 lb (77 kg)
Karyera maʼlumoti
Maktab Manasquan
(Manasquan, New Jersey)
Kollej Notre Dame (2015-2019)
WNBA drafti 2019 / Tur: 2 / Tanlash: 19- overall
Los Angeles Sparks tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 2019-hozirgacha
Statistikalar WNBA.com saytida

Marina Mabrey (talaffuzi: Marina Mabrey; 1996-yil 14-sentyabrda tugʻilgan)[1] — Ayollar Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining (WNBA) Dallas Wings jamoasida oʻynaydigan amerikalik professional basketbolchi. Mabrey 2019-yilgi WNBA draftida Los-Anjeles Sparks jamoasi tomonidan ikkinchi raundda (umumiy 19-oʻrin) tuzilgan jamoa roʻyhatida bor boʻlgan. U avvalroq AQShning 19 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy basketbol jamoasi va Notre-Dame universiteti jamoasida oʻynagan.

U 2020-yilda Dallas Wings jamoasiga transfer qilingan[2] va 2021—2022-yilgi WNBL mavsumida Latviyaning TTT Riga klubi[3], Isroilning Bnot Hertzeliya[4] va Avstraliyaning Perth Lynx klublarida tajriba orttirgan[5].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mabrey New Jersey shtatining Belmar shahrida Patty va Roy Mabrey oilasida tarbiyalangan[6]. Uning Ryan va Roy ismli ikkita akasi, Michaela va Dara ismli ikkita singlisi bor. Roy va Michaelaning basketbolga boʻlgan muhabbati birinchi marta Marinani oʻyinga jalb qilgan. Uning onasi oʻz hududida basketbol boʻyicha murabbiylik qilgan va Marina, Roy, Michaela onalari bilan maydonga borib, mashgʻulotlarga qoʻshilgan. Shiddatli basketbol musobaqasi Mabrey xonadonidagi oilaviy hayotning bir qismiga aylangan. Marina koʻpincha katta akasi va singlisi bilan mahalliy parkda raqobatlashar edi[7].

Mabrey New Jersey shtatining Manasquan shahridagi Manasquan oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda Chempionlar shtat turnirida gʻolib chiqqan ikki jamoaning bir qismi boʻlgan[8]. Keyinchalik u 2015-yilda McDonald’s Butun Amerika oʻyinida eng qimmatli oʻyinchi sovrinlarini ham qoʻlga kiritgan.

Singlisi Michaelaning Notre Dame Fighting Irish ayollar basketbol jamoasining bir qismi sifatida muvaffaqiyat qozonganiga qaramay[9]. U 2015-yilda murabbiy Muffet McGraw jamoasiga qoʻshilishni tanlagan[10].

2019 (Los-Anjeles)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil u Rookie jamoasida 31 oʻyinda oʻynagan. Har bir oʻyinda 11,5 daqiqada oʻrtacha toʻrt ochko, bitta assist, 1,2 ribaund toʻplagan. 6-iyun kuni Connecticutga qarshi oʻyinda mavsumdagi eng yuqori va faoliyatidagi 14 ballni toʻplagan.

Notre Dame jamoasidagi faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba[11]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
2015—2016 Notre Dame 35 373 51,4 % 45,3 % 81,7 % 2.8 2.0 1.5 0.3 10.7
2016—2017 Notre Dame 37 540 47,1 % 38,3 % 84,3 % 3.0 2.5 1.5 0,5 14.6
2017—2018 Notre Dame 38 549 45,8 % 39,0 % 85,7 % 4.4 4.4 2.1 0.3 14.4
2018—2019 Notre Dame 35 434 46,6 % 40,8 % 69,4 % 2.7 4.9 1.3 0.3 12.4
Faoliyati 145 1896 47,4 % 40,0 % 81,7 % 3.2 3.4 1.6 0.4 13.1

Professional jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

United States[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mabrey LA Sparks bilan 2019-yilda.

Mabrey Los-Anjeles Sparks tomonidan oʻtkazilgan 2019-yilgi WNBA draftida 19-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan[12][13]. Yangi bosh murabbiy Derek Fisher qoʻl ostida „Sparks“ 22-12 oddiy mavsum rekordi bilan pley-off yarim finaliga chiqishga muvaffaq boʻlgan[14].

Professional jamoalardagi faoliyat statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

WNBA[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa GP GS MPG FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG TO PPG
2019 Los Angeles 31 0 11.5 . 344 . 273 . 875 1.2 1.0 0.6 0.2 0.8 4.0
2020 Dallas 19 12 21.3 .430 .418 . 667 3.1 2.3 1.3 0.1 1.6 10.0
2021 Dallas 32 8 24.2 . 405 . 342 .882 3.9 2.9 1.0 0.3 2.1 13.3
Faoliyati 3 yil, 2 jamoa 82 20 18.7 . 399 . 347 . 824 2.7 2.0 0.9 0.2 1.5 9.0

Mavsumdan keyingi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa GP GS MPG FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG TO PPG
2019 Los Angeles 3 0 5.3 .333 .500 . 000 1.0 0.7 0.0 0.0 0.3 1.7
2021 Dallas 1 0 17.0 . 125 . 250 . 000 3.0 2.0 0.0 0.0 0.0 3.0
Faoliyati 2 yil, 2 jamoa 4 0 8.3 . 214 . 333 . 000 1.5 1.0 0.0 0.0 0.3 2.0

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Mabrey sportdagi qiziqishga va 2018-yilgi NCAA ayollar basketbol chempionatidagi gʻalabasiga javoban oʻzining „Bu mening oshxonam“ deb nomlangan koʻylaklarini ishlab chiqargan[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2019 WNBA Draft Profile: Marina Mabrey“. Women's National Basketball Association. Qaraldi: 2019-yil 11-aprel.
  2. „Sparks trade Marina Mabrey to Wings for 2021 second-rounder“ (2019-yil 22-fevral). Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
  3. „Euroleague women statistics“. fiba. Fédération Internationale de Basketball. Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
  4. Eurobasket. „Marina Mabrey Player Profile, Dallas Wings, News, Stats - Eurobasket“. Eurobasket LLC. Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  5. „Stats - Perth Lynx“ (en-US). Perth Lynx. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
  6. „2015—2016 Notre Dame Women's Basketball media guide“. issuu (2015-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-iyun. [sayt ishlamaydi]
  7. „Meet The Mabreys: Three sisters making a splash in women's hoops“. Yahoo sports (2020-yil 20-fevral). 2021-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
  8. LoGiudice, Daniel. „WNBA Draft 2019: Marina Mabrey selected by Los Angeles Sparks“, Asbury Park Press, April 10, 2019. Accessed July 3, 2019. „Mabrey, a Belmar native, became the second player ever from the Shore Conference to be drafted in the WNBA Draft after Neptune and Seton Hall alum Shakena Richardson was selected 30th overall by the Dallas Wings in 2016…. She won two Tournament of Champions titles with Manasquan.“
  9. „Like Mike: Equal parts empathy and skill, Michaela Mabrey has emerged as Notre Dame's fearless leader“. Alley Whoops (2015-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
  10. „Notre Dame Doubles Down on the Mabrey Family From New Jersey“. The New York Times (2015-yil 3-aprel). Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
  11. „NCAA Statistics“. web1.ncaa.org. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  12. „Marina Mabrey brings versatility to Los Angeles Sparks“ (en-US). High Post Hoops (2019-yil 11-aprel). Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  13. „Meet Our Rookies: Marina Mabrey“ (en). Los Angeles Sparks. Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  14. JimSavell. „Where do the Sparks go from here?“ (en). Swish Appeal (2019-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  15. „Basketball Star Marina Mabrey to Male Women's Sports Haters: 'This is my Kitchen'“ (2019-yil 16-iyul). Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]