Marilyn Saviola
Marilyn Saviola | |
---|---|
Tavalludi | 1945-yil 13-iyul |
Vafoti | 2019-yil 23-noyabr |
Fuqaroligi | AQSh |
Taʼlimi |
Long Island University (Bakalavr) New-York University (Magistr) |
Kasbi | Imkoniyati cheklanganlar huqulari boʻyicha aktivist |
Marilyn E. Saviola – imkoniyati cheklanganlar huquqlari boʻyicha faoliyat yuritgan aktivist ayol. 1983-yildan 1999-yilgacha Nyu-Yorkdagi Imkoniyati cheklanganlar mustaqilligi vitse-prezidenti, 2000-yildan soʻng Mustaqil Gʻamxoʻrlik qilish tizimi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan. Saviola Nyu-Yorkning Manhattan shahridagi poliomiyelitdan omon qolgan nogironlar huquqlarini himoya qilish harakati orqali tanilgan hamda bu ishi uchun koʻplab mukofot va eʼtiroflarga sazovor boʻlgan.
Hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saviola 1945-yil 13-iyulda Manhattandagi Nyu-York shifoxonasida dunyoga kelgan[1]. Uning ota-onasi Peter Saviola va Camilla 'Millieʼ Saviola italyan immigrantlari boʻlgan. 1955-yilning avgustida Saviola poliomiyelit bilan kasallangan. U Willard Parker yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va ikki oy davomida sunʼiy nafas olish apparatida saqlangan[2]. Keyinchalik, poliomiyelit unda tetraplegiyani keltirib chiqargan, shu sababli nogironlar aravachasi va sunʼiy nafas olish apparatidan foydalanishga majbur boʻlgan. Uyiga qaytish imkoni boʻlmaganligi sababli, Saviola oʻsmirlik davrida Roosevelt orolidagi Goldwater Memorial kasalxonasida yashagan. Saviola kasalxonaning yosh bemorlar boʻlimi yaratilishiga sababchi boʻlgan. U yerda bemorlar yoshiga mos kundalik yumushlar bilan birga turli tadbirlar hamda sayohatlar ham tashkillashtirgan[3]. Saviola Long Island universitetida tahsil olib, 1970-yilda psixologiya boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Birinchi kurslik vaqtida u va boshqa Goldwater bemorlari masofadan, telefon orqali darslarda qatnashib, pochta orqali imtixonlardan oʻtishgan[4]. Keyinchalik Nyu-York universitetida reabilitatsiya maslahati bilan magistrlik darajasini olgan[5][6]. Saviola LIUda talabalik chogʻida aktivist Judith Heumann bilan tanishgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saviola 1970-yillar oxiri va 1980-yillar boshlaridan Goldwater Memorial kasalxonasida 11 yil davomida reabilitatsiya boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan[7][8][9]. Goldwater Memorial kasalxonasida faoliyat yuritgan vaqtida ogʻir jismoniy nuqsonlari boʻlgan odamlarga yordam bergan va ularga kasalxona hayotidan jamiyat hayotida yashashga oʻtishda koʻmaklashgan[10]. 1983-yildan 1998-yilgacha Nyu-Yorkdagi Nogironlar Mustaqilligi Markazining ijrochi direktori[11], 2000-yildan Mustaqil Gʻamxoʻrlik qilish tizimi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan[12]. Saviola Manhattandagi Nogironlik boʻyicha maslahat guruhiga raislik qilgan va Nyu-Yorkdagi Mustaqil Yashash Markazlari Uyushmasi, Nogironlar harakati va Nyu-York shahridagi Medicaid Managed Care Task Force boʻyicha ishchi guruh kengashlarida xizmat qilgan[13][14]. U, shuningdek, Nyu-Yorklik nogironlarning jamiyat hayoti va mustaqilligini qoʻllab-quvvatlash uchun shtat qonunchiligida ham ishlagan[15][16].
Saviola nogiron ayollarning huquqlari va salomatligi masalalariga alohida qiziqish bildirgan[17][18]. 1979-yilda Ayollar maqomi boʻyicha Nyu-York shahar komissiyasi va nogironlar uchun shahar Mayorlik Offisi tomonidan moliyalasashtrilgan nogiron ayollarning hayotiga bagʻishlangan birinchi konferensiyada nutq soʻzlagan. Konferensiyada u bilan birga nogironlar huquqlari faollari Sandra Schnur, Maria Nardone va Frieda Zames ham ishtirok etgan[19]. Saviolaning targʻibot ishlari natijasida 2019-yilda Bronksning Morrisania manzilidagi NYC Health + Hospitals yangi radiologiya boʻlimining ochilishi moliyalashtirilgan. Unda qulay tekshiruv stollari va mammografiya uskunalari ham mavjud[20][21].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marilyn Saviola 2019-yil 23-noyabr kuni 74 yoshida Bruklindagi uyida vafot etgan[2]. Oʻsha paytda Robert Geraghty bilan uoq vaqtdan beri nikohda boʻlib kelgan. Saviola bilan uning hayoti va faoliyati haqidagi ogʻzaki suhbat 2001-yilda yozib olingan va Kaliforniyaning Berkeley shahridagi Bancroft kutubxonasida nogironlar huquqlari va Mustaqil yashash harakati (DRILM) ogʻzaki tarix loyihasining bir qismi sifatida arxivlangan[20][22].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Genzlinger, Neil „Marilyn Saviola, Disability Rights Advocate, Is Dead at 74“. The New York Times (2019-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Marilyn E. Saviola“. New York State Independent Living Council. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „Marilyn E. Saviola“. New York State Independent Living Council. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ Turkel, Peter. „Intercom Brings School to Spunky Polio Victims“. Daily News (1965-yil 11-aprel), s. 137. Qaraldi: 2019-yil 25-dekabr.
- ↑ Genzlinger, Neil „Marilyn Saviola, Disability Rights Advocate, Is Dead at 74“. The New York Times (2019-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ Gehrke, John. „Patients Being Elected to Help Run Hospital“. Daily News (1971-yil 5-avgust), s. 123. Qaraldi: 2019-yil 25-dekabr.
- ↑ Klemesrud, Judy „Disabled Women: A Conference on Discrimination“. The New York Times (1979-yil 25-may). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „Independence Care System | Our Leadership | Marilyn E. Saviola | SVP“. Independence Care System. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ English, Bella. „1st-Class 1st-Grader; Paralysis no Handicap for Girl, 7“. NY Daily News (1981-yil 11-oktyabr), s. 191. Qaraldi: 2019-yil 25-dekabr.
- ↑ „Marilyn Saviola“. The Center for Translational and Basic Research (CTBR), Hunter College. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
- ↑ April 14, 1995 via ProQuestWalk For Justice To Protest Pataki Budget On Anniversary Of Dr. King's Assassination.
- ↑ „Marilyn Saviola“. The Center for Translational and Basic Research (CTBR), Hunter College. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
- ↑ „Marilyn Saviola“. The Center for Translational and Basic Research (CTBR), Hunter College. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
- ↑ „Crown Heights“. Daily News (1997-yil 30-sentyabr), s. 97. Qaraldi: 2019-yil 25-dekabr.
- ↑ „Marilyn E. Saviola“. New York State Independent Living Council. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „Marilyn E. Saviola“. New York State Independent Living Council. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „Marilyn E. Saviola“ (en-US). The Viscardi Center. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
- ↑ Boatman, Mark „Marilyn Saviola: Improving Access to Women's Health Care“ (en-US). New Mobility (2014-yil 2-may). Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
- ↑ Klemesrud, Judy „Disabled Women: A Conference on Discrimination“. The New York Times (1979-yil 25-may). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ 20,0 20,1 Genzlinger, Neil „Marilyn Saviola, Disability Rights Advocate, Is Dead at 74“. The New York Times (2019-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „Marilyn Saviola Honored for Advocacy for People with Disabilities' Right to Quality Health Care“. NYC Health + Hospitals. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
- ↑ „New York Activists and Leaders in the Disability Rights and Independent Living Movement: Vol I“. Oral History Center, UC Berkeley Library. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Saviolaning Mustaqil Parvarishlash tizimi veb-sayti profili.