Marillyn Hewson
Marillyn Hewson | |
---|---|
Hewson (2014) | |
Tavalludi |
Marillyn Adams 27-dekabr 1953-yil Junction shahri, Kansas, U.S. |
Fuqaroligi | AQSh |
Taʼlimi | Alabama universiteti (BS, MA) |
Kasbi | Biznesmen |
Turmush oʻrtogʻi | James Hewson |
Veb-sayti | Marillyn A. Hewson, Executive Chairman, Wayback Machine saytida (2021-yil 13-fevral sanasida arxivlangan) |
Imzosi | |
Marillyn Adams Hewson (1953-yil 27-dekabr) — Amerikalik biznesmen ayol. 2013-yil yanvar oyidan 2020-yil iyun oyigacha Lockheed Martin kompaniyasining raisi, prezidenti va bosh ijrochi direktori (CEO) lavozimlarida faoliyat yuritgan[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hewson Kansas shtatining Junction shahrida Warren Adams va Mary Adams oilasida tugʻilgan. Uning otasi toʻqqiz yoshida vafot etgan va onasi sobiq Ayollar armiyasi boʻlinmasida ishlagan. Oʻsha paytda besh yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan besh aka-ukasi va singillarini katta qilgan. Hewson onasining rahbarlik koʻnikmalari, uning chidamliligi, mehnatkashligi va qatʼiyligiga tan beradi va 2013-yilda „Politico“ jurnalida „Oʻz onam barcha buyuk rahbarlar nima qilgan boʻlsa, qildi, u kelajakda rahbarlarning rivojlanishiga sababchi boʻldi“, — deb yozadi[3]. U Alabama universiteti tomonidan biznes maʼmuriyatida bakalavr, shuningdek, iqtisodiyot sohasida magistratura darajasini olgan. U Kolumbiya va Harvard biznes maktabida boshqaruvchilik dasturlarida oʻqigan[4].
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1983-yilda Hewson 4 yil ishlaganidan soʻng Lockheed Corporationga mehnat statistikasi byurosi iqtisodchisi sifatida qoʻshildi[5]. U kompaniyada turli xil rahbar lavozimlarni egallagan, shu jumladan: Lockheed Martinning Elektron tizimlar biznes sohasi prezidenti va bosh operatsion direktori, Lockheed Martin tizimlari integratsiyasi prezidenti, Lockheed Martinning xalqaro saqlab qolish boʻyicha ijrochi vitse-prezidenti, Kelly Aviatsiya markazi prezidenti va bosh menejeri va Lockheed Martin Logistics Services prezidenti[6]. 2012-yil 9-noyabr kuni u Lockheed Martin direktorlar kengashiga saylandi[7]. Oradan bir yil oʻtib, u 2013-yil yanvar oyidan 2020-yil iyun oyigacha CEO sifatida xizmat qilgan[8]. Shu bilan birga, u 2010-yildan beri Sandia Milliy Laboratoriyasida va 2007-yildan beri DuPont direktorlar kengashida ham xizmat qilgan[9]. Bosh direktor sifatida oʻz vazifasini bajarganida Lockheedning aksiyalari qiymati 300 foizdan oshdi[10]. 2015-yil iyul oyida Hewson Lockheed kompaniyasi tomonidan Sikorsky UH-60 Black Hawk vertolyotlari ishlab chiqaruvchisi Sikorsky Aircraft sotib olishini eʼlon qildi va Lockheed kompaniyaga oʻz vertolyotlarini qurish qobiliyatini berdi. Hewson, shuningdek, kompaniya harakatlarini harbiy jihozlar yasashni yoʻlga qoʻydi. Hewson 2019-yilda Johnson Kengashining aʼzosi boʻldi[11]. 2020-yil 16-mart kuni Lockheed Hewson Kengashining ijrochi raisi boʻlib, 15-iyun kuni CEO sifatida oʻrniga oʻtishini eʼlon qildi[12]. James D. Taiklet Hewsondan keyin rahbarlikni oʻz zimmasiga oladi[13][14].
Tanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010, 2011, 2012 va 2015-yillarda „Fortune“ jurnalida „Biznesda eng kuchli 50 ayol“ biri sifatida tanilgan[15]. „Fortune“ jurnalining 2015-yil 15-sentabr sonida Hewson 4-oʻrinni egalladi[16]. 2018-yilda esa Hewson „Fortune“ jurnalida biznes dunyosidagi eng kuchli ayol deb tanildi[17]. Hewson 2014-yilda Forbes tomonidan dunyodagi yigirma birinchi, 2015-yilda yigirmanchi, 2018-yilda toqqizinchi kuchli ayol deb tanilgan. 2019-yilda esa dunyo roʻyxatida oʻninchiga koʻtarilgan[18]. Hewson Wash100ning 2017-yilgi tahririda xalqaro bozori va F-35 boshqaruvchiligi uchun tan olingan[19]. 2017-yilda Hewson „Harvard Business Review“ ning „Dunyodagi eng yaxshi namoyish koʻrsatgan CEO 2017“ roʻyxatida 35-oʻrinni egallagan[20]. Hewson 2018-yil uchun Bosh ijrochi jurnali tomonidan „Yilning bosh direktori“ deb tanildi. 2019-yil tanlov qoʻmitasining aʼzosi boʻldi[21]. 2018-yilda Hewson, shuningdek, rivojlanayotgan dunyoga hissa qoʻshishda doimiy tashkilotchiligi va yutuqlari uchun Edison mukofotiga sazovor boʻldi[22].
Hewson 2019-yilgi Time jurnalining eng taʼsirchan 100 kishidan biri deb eʼtirof etildi[23]. 2019-yilda esa Hewson Amerika Yutuqlar Akademiyasining „Oltin tarelka“ mukofotiga sazovor boʻldi. General Joseph Ralston mukofotni topshirdi. U USAF, Sobiq Ittifoqdosh qoʻshinlarning Yevropa qoʻmondoni edi[24][25]. Hewson 2021-yilgi Philip J. Klass mukofoti bilan aviatsiya haftaligi va kosmik texnologiya uchun taqdirlandi[26].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hewson James R. Hewson bilan turmush qurgan. Ular 2020-yildan boshlab, Virginiyaning McLean shahrida yashaydi[27].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Lockheed Martin Board Elects Marillyn Hewson CEO & President and Member of the Board, (Christopher Kubasik Resigns)“ (2012-yil 9-noyabr). 2015-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-aprel.
- ↑ Imbert. „Lockheed Martin's Hewson to step down as CEO“ (en). CNBC (2020-yil 16-mart). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
- ↑ „A mother's resilience“. Politico (2013-yil 19-sentyabr). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-iyun.
- ↑ „Marilyn A. Hewson“. Lockheed Martin. 2021-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.
- ↑ „Marillyn Hewson interview by David Rubenstein May 23 2018“. www.youtube.com. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
- ↑ „Marillyn A. Hewson“. www.lockheedmartin.com. 2017-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-noyabr.
- ↑ „Lockheed Martin Corporate Bio: Marillyn A. Hewson“. 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-mart.
- ↑ „More On Marillyn Hewson, Lockheed Martin's Next CEO“. The Wall Street Journal. 2017-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
- ↑ „Marillyn A. Hewson: Executive Profile & Biography - Businessweek“. Businessweek.com. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-avgust.
- ↑ „Marillyn Hewson“ (en). Forbes. 2015-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
- ↑ „Marillyn Hewson“ (en). Fortune. 2019-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ Etherington. „Lockheed Martin CEO Marilyn Hewson to be succeeded by board member James Taiclet“. TechCrunch.com (2020-yil 16-mart). 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
- ↑ „Marillyn Hewson is stepping down as Lockheed Martin CEO“ (en). al (2020-yil 16-mart). 2020-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
- ↑ Cameron, Doug. „Lockheed Martin Names New CEO“ (en-US). Wall Street Journal (2020-yil 16-mart). 2020-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
- ↑ „Fortune Magazine's 2012 "50 Most Powerful Women in Business"“. CNN. 2013-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-mart.
- ↑ Bellstrom, Kristen (September 15, 2015). "Fortune's Most Powerful Women List". Fortune.
- ↑ „Most Powerful Women Marillyn Hewson“. fortune.com. Fortune. 2019-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-iyun.
- ↑ „World's Most Powerful Women“ (en). Forbes. 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-dekabr.
- ↑ SOLUTIONS. „Wash100“ (en). Wash100. 2017-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
- ↑ "The Best-Performing CEOs in the World 2017". Harvard Business Review. November 2017. Archived from the original on April 19, 2021. https://web.archive.org/web/20210419053253/https://hbr.org/2017/11/the-best-performing-ceos-in-the-world-2017. Qaraldi: January 2, 2018.Marillyn Hewson]]
- ↑ Hougaard, Rasmus (April 23, 2019). „What The CEO Of 2019 Thinks About Caring For His People“. Forbes. June 27, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 27, 2019.
- ↑ „Edison Achievement Award 2018“. Edison Awards. 2018-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-aprel.
- ↑ „Marillyn Hewson: The 100 Most Influential People of 2019“. TIME (ingliz (Amerika)). September 20, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 22, 2020.
- ↑ „Golden Plate Awardees of the American Academy of Achievement“. www.achievement.org. American Academy of Achievement. 2016-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
- ↑ „2019 Summit Highlights Photo: General Joseph W. Ralston, USA, former Supreme Allied Commander Europe, presents the Golden Plate Award to Marillyn A. Hewson, the Chairman, President and CEO of Lockheed Martin, at the Banquet of the Golden Plate gala.“. American Academy of Achievement. 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Aviation Week Presents 2021 Laureates As Industry Emerges From Storm“. Aviation Week Network (2021-yil 1-noyabr).
- ↑ „Lockheed Martin (NYSE: LMT) CEO Marillyn Hewson buys McLean estate for $5.45 million - Washington Business Journal“. 2018-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vikiomborda Marillyn Hewson mavzusiga oid fayllar bor