Mardonqul Avliyoqul oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻlidan yoʻnaltirildi)

Mardonqul Avliyoqul oʻgʻli (1886-yil, Sherobod bekligi, Buxoro amirligi — 1966-yil, Sherobod tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek xalq dostonchisi. Sherobod dostonchilik maktabi vakili. Kolxozda brigada boshligʻi, qishloq kengashi raisi boʻlib ishlagan. Otasi mohir doʻmbirachi boʻlgan. Ustozi Sherna Beknazar oʻgʻlidan 20 dan ortiq xalq dostonlarini oʻrgangan va el orasida kuylab yurgan. Mardonqul Avliyoqul oʻgʻlidan "Alpomish", "Ollonazar Olchinbek", "Zayidqul", "Oltin qovoq" kabi dostonlar yozib olingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil