Marcello Mastroianni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Marchello Mastroyannidan yoʻnaltirildi)
Mastroyanni (1991)

Marcello Mastroianni (talaffuzi: Marchello Mastroyanni; 28-sentabr 1923 — 19-oktabr 1996) — italyan aktyori. 1940-yillar L.Viskonti spektakllarida oʻynagan (keyinroq uning „Oq tunlar“, „Begona“ filmlarida suratga tushgan). Yangi obrazga tez oʻta olish qobiliyati, lirizm bilan oʻtkir harakterning uygʻunlashuvi „Shirin hayot“, „Sakkiz yarim“, „Ayollar shahri“, „Jinjer va Fred“, „Tun“, „Italyancha ajralish“, „Qora koʻzlar“, „Asalchi“ kabi filmlarda yaqqol koʻzga tashlandi. U juda koʻp filmlarda S.Loretshng juftligi sifatida suratga tushgan. Hamkorlikdagi filmlari („Gʻaroyib kun“, „Kecha, bugun, ertaga“ va boshqalar) bilan har ikkalasi jahonga tanilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil