Kontent qismiga oʻtish

Manyinskoye (ko‘l)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manyinskoye[1]Sverdlovsk viloyatining shimoli-gʻarbidagi Ivdel shahar okrugidagi uncha katta bo‘lmagan koʻl. U xuddi shu nomdagi botqoqning janubi-sharqiy qismida, Lozva daryosining oʻng irmogʻi — Manya daryosining oʻng qirgʻogʻidagi tayga hududining o‘rtasida joylashgan. Ivdel shahridan 6 km shimolda va Talaya qo‘rgʻonidan 4 km janubi- sharqda joylashgan.

Manyinskiy koʻlining maydoni 0,7 (0,75) km². Ko‘l sathi dengiz sathidan 89,2 m balandlikda. U janubi-gʻarbiy — shimoli-sharqiy yoʻnalishida betartib oval shakliga ega. Eng uzun qismi (janubiy-gʻarbiy ↔ shimoli-sharqiy) ≈ 980 metr, eng yirik yuzasi (shimoli-gʻarbiy ↔ janubi-sharqiy) ≈ 730 metr .

Ko‘lda cho‘rtan baliq, okun, chebak, tangabaliq, karp uchraydi. Suvda suzuvchi qushlar yashaydi.

Ko‘ldan bir kilometr gʻarbda Ivdel — Polunochnoe temir yoʻl liniyasi o‘tadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Реестр наименований географических объектов на территорию Свердловской области по состоянию на 21.10.2016“. rosreestr.ru. 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-mart.