Mantu sinamasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mantu sinamasi - teri orasiga tuberkulin yuborib sinab koʻrishdan iborat allergikdiagnostik usul; odamda sil kasalligi bor-yoʻkligini aniqlash, BSJ vaksinasi bilan emlanishi kerak boʻlgan kishilarni topish va ularni emlash samaradorligini bilish, silning kechishini baholash maqsadida oʻtkaziladi. Tuberkulin sil mi-kobakteriyalaridan ajratib olinadigan oqsil tabiatli modda. Usulni fransuz olimi Sh. Mantu 1908-yil taklif etgan. Mantu sinamasida 2 xil tuberkulin ishlatiladi: Kox tuberkulini (KT) va tozalangan tuberkulin (ing. PPD — purifi ed protein derivative). Ikkala tuberkulin xalqaro talablarga javob beradi. 1952-yildan boshlab Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan xalqaro standart sifatida PPD qabul qilindi. Tuberkulin faolligi tuberkulin birligida (TB) belgilanadi. Bir TB KT uchun 0,01 mg, PPD uchun 0,0002 mg ga toʻgʻri keladi.
Mantu sinamasida KT yoki PPD 2 TB 0,1 ml miqdorda bilak terisi orasiga yuboriladi. Natijani 48 va 72 soatdan soʻng koʻriladi. Ukol qilingan joyda terining qizarishi va shish kuzatiladi, uning kattakichikligiga qarab musbat yoki manfiy reaksiya aniqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |