Komiljon Mamajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mamajonov Komiljondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Komiljon Mamajonov (1939.5.5, Toshloq tumani) — usta dehqon. Oʻzbekiston Qahramoni (1995). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor (1989). Mehnat faoliyatini 1955 yilda Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi "Oq oltin" jamoa xoʻjaligida kolxozchilikdan boshlagan.. Karkidon suv ombori qurilishida shofyor (1964-66), 1966 dan Markaziy Fa-rgʻona choʻlida tashkil etilgan jamoa xoʻjaligida (hozirgi X. Maroziqov nomidagi shirkat xoʻjaligi) traktorchi, 1967 dan oʻzi oʻzlashtirgan yerlarda paxtachilik brigadasi tashkil etdi va hozirgacha shu brigadaga boshchilik qiladi. M. boshchilik qilgan brigada dehqonchilikda ilgʻor tex-nologiyalarni qoʻllagan xrlda, paxtachilik va gʻallachilikni rivojlantirishda uzok, yillar davomida yuqori koʻrsatkichlarga erishdi, har gektar yerda paxtadan 40 s, gʻalladan 55 s hosil yetishtirdi (1995).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil