Malika Ibragimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston xalq artisti Ibragimova Malika Malikovna 1949-yilda Toshkentda tavvallud topgan. Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida 1990-yildan buyon faoliyat olib bormoqda.[1]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1987-yili „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“, 2011-yili „Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti“ faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatrdagi ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibragimova Malika Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan A.Ibrohimovning „Birinchi boʻsa“ spektaklida Rohat, A.Gelmanning „Zinnuliya“sida Zinnuliya, A.Borangoning „Jamoat fikri“sida toʻrt ayolning roli, S.Sirojiddinovning „Toʻmaris“da Toʻmaris, N.Sodiqovning „Afandining besh xotini“da Fotima, Shukrulloning „Hasrat bogʻi“ spektaklida Ona, E. Filipponing „Tun albatta oʻtadi“sida Adelaida, S.Mirojakninsh „Chegara ustidagi uy“da Qaynona, S.Sirojiddinovnin „Yaralangan oqqush nolasi“da Noira, V.Delmarning „Omon boʻlgin, azizim“da Ona, U.Azimning „Ogoh boʻling, odamlar“da Ona, S.Imomovning „Qorda yongan muhabbat“da Xotin, U.Ismoilovning „Rustam“da Zebi, E.Samandarning „Sulton Jaloliddin“da Saʼoba, E.Aʼzamning „Talvasa“da Amma, A.Kassonaning „Daraxtlar tik turib jon beradi“da Xenovera, X.Rasulning „Oltin qiz“da Zebi xola, A.Tolstoyning „Buratino“sida Tortilo kabi koʻplab bir-biriga oʻxshamas obrazlar yaratib kelmoqda.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibragimova Malika teleekran orqali L.Zorinning „Varshava taronasi“da Helena, Chexovning „Vanya togʻa“ asarida Soniya, N.Norqobilovning „Quyoshi botmaydigan yurt“ida Ona rolini ijro etggan. Kinoda esa „Yoʻl boʻlsin“ badiiy filmida Momo, „Besh qismat“da Malika kabi bosh rollar ijro etdi.

Radiodagi ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston radiosi qoʻyilgan „Bekat yoʻllari“ koʻp seriyali radioqissada Halima, Sh.Xolmirzaevning „Bulut toʻsgan oy“ radiopyesasida Qimmatoy kabi bosh rolllarni ijro etib kelgan. Ibragimova Malika mudom sanʼat oʻylab yashaydigan ijodkor. Ommaviy tadbirlarda beminnat xizmat qiladi. Jonkuyar. Har bir rolidan sanʼat asari yaratishga harakat qiladigan aktrisa. Nihoyatda kamtar inson.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „МАЛИКА ИБРАХИМОВА“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
  2. „Ibragimova Malika haqida, oilasi, instagram, rasmlari“. www.savol-javob.com. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.