Malika Anvarovna Nosirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Arab filologiyasi kafedrasi dotsenti, arabshunos tilshunos olima.

1967 yilda Toshkent shahrida tug‘ildi.

1985-1990 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq fakultetining arab boʻlimida o‘qib, imtiyozli diplom bilan tugatdi.

1991 yildan arab filologiyasi kafedrasida oʻqituvchi lavozimida ishlay boshladi.

1990 yilda Suriya arab raspublikasiga, 2006 yili Misr Arab Respublikasiga malaka oshirishga bordi.

2003 yilda "MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIYning „Al-Unmuzaj fi-n-nahv“ risolasi — arab tili grammatikasiga oid asar" mavzuida nomzodlik dissertat­siyasini himoya qildi.

M.Nosirova „O‘rta asr arab nahvidan namunalar“ (2004) o‘quv-uslubiy qoʻlanmasi, "Mahmud az-Zamaxshariyning „Al-Unmuzaj fi-n- nahv“ risolasi" (2005), „Yazikovaya situatsiya v arabskix stranax (kones XX veka)“ (2010) o‘quv qo‘llanmasi, 1 monografiya va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan.

Hozirgi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti doktoranturasida „O‘rta asrlar Movarounnahr arab tilshunosligi maktabi: shakllanishi va yuksalishi“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanish olib bormoqda.

[1]

  1. Arab filologiyasiga kirish. Toshkent: TDShI kichik bosmaxonasi, 2010 — 122 bet. 9-dekabr 2022-yilda qaraldi.