Malayziya Islom universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malayziya Islom universiteti
(UIM)
Oʻquv yurti turi xususiy universitet
Kampusi Petaling Jaya shahrida
Manzili Petaling Jaya, Selangor, Malayziya
Vebsayti uim.edu.my


Malayziya Islom universiteti (yoki qisqacha UIM) – Malayziyadagi birinchi va yagona aspirantura universiteti[1][2]. Maʼmuriyat va akademik ofislar Petaling Jaya shahrida joylashgan boʻlib, darslar shu shahardagi kompusda oʻtiladi.

UIM turli fanlar, jumladan islomshunoslik, shariat huquqi, taʼlim, iqtisod, menejment, aloqa, fan va muhandislik boʻyicha bakalavriat va magistratura dasturlarida oʻqishlikni taklif etadi.

Universitetda Qur’on va sunnatshunoslik fakulteti, islom sivilizatsiyasi fakulteti, shariat va huquq fakulteti, iqtisod va muomala fakulteti, fan va texnologiya fakulteti, taʼlim va ijtimoiy fanlar fakulteti kabi oltita fakultet mavjud.

Akademiklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Moliya va menejment maktabi
  • Huquq va shariyat maktabi
  • Islom merosi va sivilizatsiya maktabi

Institutlar va markazlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • i-Vafa
  • Devan Al-Amir

UIM kutubxonalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • CIMB Islom – Boshlangʻich Islom moliya kutubxonasi
  • UIM Hikmat kutubxonasi
  • Al-Amiri eksklyuziv toʻplamlari

Noyob, nodir va birlamchi resurslarni toʻplash, saqlash va tarqatish uchun CIMB Islom – Boshlangʻich Islom moliya kutubxonasi, UIM Hikmat kutubxonasi va Al-Amiriy eksklyuziv toʻplamlaridan iborat UIM kutubxonalari tashkil etilgan.

Ushbu kutubxonalar 2015-yil oktabr oyidan buyon 3000 jildlik bosma fondi bilan faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mashhur toʻplamlar va Moliya, Menejment, Hikmat, Qonun va Tabiiy Tibbiyot boʻyicha manbalar mavjud. Bundan tashqari, 5000 dan ortiq elektron jurnallar va elektron kitoblar ham bor, ularga kampusdagi va boshqa joydagi istalgan kompyuterdan kirish mumkin.

Kompyuterlar, simsiz internetga ulanish, nusxa koʻchirish mashinalari, printerlar, guruh va individual oʻquv joylari hamda ajoyib interyer dizaynig ega UIM kutubxonalarida tashrif buyurish va oʻqish uchun qulay va ideal sharoit yaratilgan

Kutubxonalar talabalar, oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va ilmiy va sifatli manbalarga qiziquvchilar uchun ochiq. Bu kutubxonalarda ish kunlari soat 9:30 dan 17:30 gacha davom etadi, dam olish kunlari esa 12:00 dan 16:00 gacha ishlaydi. Kutubxonalarga arzon aʼzolik toʻlovi bilan ham roʻyhatdan oʻtish mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]