Malak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Malak - somiy tillarda elchi ma’nosini anglatadi. Tarjima qilinganda farishta ma’nosida qo‘llaniladi, ko‘pligi: maloika; farishta - nurdan yaratilgan mavjudot. Islom aqidasiga muvofiq, farishtalar muayyan vazifalar yuklatilgan Xudoning maxluqotlari. Jumladan: Jabroil (Jibriil, Ruhu-l-quds) - bosh farishta, u Parvardigor amrini, samoviy buyruqlarni Rasulga yetkazib turgan. Mikoil - koinotni boshqaruvchi, janglarda qo‘mondonlik qiladi. Azroil - jon olish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Isrofil - qiyomat kunidan ogoh qiladi, darak beruvchi surnayni chaladi, ruhlarni tarbiya qilish ham uning vazifasidir. Bundan tashqari, yana maxsus vazifalarni bajarib turuvchi ko‘plab farishtalar mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 284.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.