Maqluba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maklyubedan yoʻnaltirildi)
Maqluba
Asl nomi arabcha: مقلوبة turkcha: maklube
Asosiy komponentlari Go'sht, guruch, sabzavotlar (pomidor, gulkaram, kartoshka, baqlajon)

Maqluba (arabcha: مقلوبة maqlūba‎, turkcha: maklube) — Bahrayn, Iroq, Iordaniya, Quvayt, Falastin, Suriya, Turkiya va Isroilda mashhur boʻlgan anʼanaviy Levantin taomi[1]. Goʻsht, guruch, qovurilgan sabzavotlar qoʻshiladi va bu taomni stolga uzatishdan oldin agʻdariladi, shuning uchun maqluba nomi, soʻzma-soʻz „yuqoriga-pastga“ deb tarjima qilinadi.

Taomning tarkibiga pomidor, kartoshka, karam, baqlajon kabi koʻplab turli sabzavotlar kirishi mumkin, goʻsht sifatida asosan tovuq yoki qoʻzichoq goʻshti qoʻshiladi[2]. Taom agʻdarilganda, yuqori qatlamni tashkil etuvchi pomidorlar tufayli tepasi yorqin qizil rang, keyin esa oltin rangli baklajonlar bilan usti yopiladi.

Maqluba odatda yogurt yoki mayda toʻgʻralgan pomidor, bodring, petrushka va limon sharbatidan iborat oddiy arab salati bilan birga uzatiladi, koʻpincha tahini sousi bilan aralashtiriladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Recipe: Maqluba (Arab Levant, Palestine) Maqluba - Upside-down Rice and Eggplant Casserole“ (en). www.cliffordawright.com. Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.
  2. The FOURnet Information Network. „Makloubeh (Cauliflower With Rice) - Recipe - Cooks.com“. www.cooks.com. Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.