Mahmud ibn xondamir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hayotiga oid ma’lumotlar yo‘q. Mashhur ingliz sharqshunosi CH.A.Storining so‘zlariga qaraganda, Hirotda istiqomat qilgan va  1547-1550 yillari Hirot hokimi Dukn us-saltana Muhammadxon ibn Sharafuddinning amri bilan qimmatli bir tarixiy asar yozgan.

Amir Mahmudning ushbu asari saj bilan yozilgan (nomi ko‘rsatilmagan) va Shoh Ismoil bilan uning taxt vorisi Tahmosp I (1524-1576) zamonida Eronda bo‘lib o‘`tgan voqealar (1550 y.gacha bo‘lgan voqealar) bayon etiladi. Asarda ayniqsa Safaviylar bilan Shayboniylar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarga katta o‘rin berilgan. Shuningdek, o‘sha davrda o‘tgan mashhur kishilarning tarjimai holiga oid ma’lumotlar ham keltirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).